Bu xizmat turini «Qutqaruv doirasi» (Spasitelnyy krug) deb nomladik, bunga sabab:

  • Polyak yoki ingliz tilini bilmaydigan, ammo Yevropada xususan Polşada ta'lim olişni istovçilarga;
  • Polşada ta'lim oliş imkoni yöq, ammo ta'lim olişni istovçilarga;
  • Iş örni va boşqa sabablarga köra uyidan uzoqda ta'lim oliş imkoniyati yöq fuqarolarga(Voyaga yetmagan şaxslarga);
  • Kiriş imtihonlarida yetarliça ball töplay olmagan abituriyentlarga Yevropa universtitetida ta'lim oliş imkonini yaratadi.

Universitetimiz haqida qisqaça ma'lumot

Polşaning Vrotslave şahridagi «Bank oliy maktabi» («Vysşaya bankovskaya şkola» vo Vrotslave) – quyi Selezn hududidagi yirik universitetlardan biri hisoblanadi. Universitetimizda 53 ta mutaxassislik böyiça 17000 dan ziyod talabalar tahsil olmoqdalar. Universitetimiz turli mamlakatlardan kelgan talabalarga mehmondöstligi bilan maşhur bölgan. Bizda darslar iş beruvçi taşkilotlar bilan kelişilgan holda, kam ma'ruza va asosan tajriba darslari asosida olib boriladi. Universitetimizdagi ta'lim grafigi işlab öqişni istovçi talabalarga keng yöl oçib, talabalarga olayotgan bilimlarini haqiqiy iş jarayonida qöllaş imkonini yaratadi. Misol uçun, beşinçi semestrda talabalar haftada faqat bir kun universitetda ta'lim oladilar. Bundan taşqari universitetimiz bir neçta dasturlar va rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Bu öz örnida bitiruvçilarga iş bilan ta'minlaniş imkoniyatini yaratadi.

Alohida ta'kidlaş lozim bölgan yana bir jihat: universitetimiz 50 dan ziyod universitetlar bilan hamkorlik kelişuviga ega. Bu universitet talabalariga ERASMUS+ dasturi böyiça hamkor universitetlarda ta'lim oliş va qöşimça Yevropa ittifoqi grantlarini oliş imkonini beradi.

Joylaşgan şahrimiz haqida qisqaça ma'lumot

Vrotslav – Yevropaning eng körkam şaharlaridan biri bölib, 2016 yilda Yevropaning madaniyat markazi deb tan olindi. Vrotslav gnomlari, köp sonli tarixiy çerkovlar va köpriklar şahrimizning turistlar gavjum joylari hisoblanib, Yevropa va Polşaning boşqa şaharlaridan ajratib turadi. Vrotslav – yoşlar va 150 ming talabalar şahri hisoblanadi. Vrotslav Yevropaning yuragida joylaşgan bölib, köplab Yevropa poytaxtlaridan (Praga, Vena, Berlin va boşqalar) 2-3 soatlik masofadadir. Vrotslavda ta'lim oliş vaqtida qiyinçiliksiz köplab Yevropa davlatlariga sayohat qiliş mumkin.