Içki işlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda “Farğona hokimi tungi selektorga çaqirtirgan maktab rahbarlari avariyada halok böldi” sarlavhasi bilan tarqatilgan material yuzasidan izoh berdi.
Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasining xabariga köra, dastlabki tergov jarayonida, 2019 yil 29 sentabr kuni soat 20.45larda Danğara tumani Xalq ta'limi bölimiga qaraşli 25-sonli maktabning direktor örinbosari M.D. “Neksiya” rusumli avtomaşinasini Qöqon şahri tomon boşqarib ketayotib, yölni örtasiga örnatilgan beton tösiq ustiga çiqib ketganligi va yölni yorituvçi temir stolbaga urilişi natijasida avtomaşinaga örnatilgan gaz balonidan yonğin sodir bölganligi aniqlangan.
Yonğin natijasida avtomaşina haydovçisi hamda oldi örindiqda bölgan yölovçi Danğara tumani Xalq ta'limi bölimiga qaraşli 26-sonli maktabning direktor örinbosari U.Ş. voqea joyida halok bölgan. Orqa örindiqda bölgan yölovçilar Danğara tumani Xalq ta'limi bölimiga qaraşli 38-sonli maktabning direktor örinbosari T.L. va Danğara tumani Xalq ta'limi bölimi qorovuli M.B. tan jarohati olgan hamda ularga birinçi tez tibbiy yordam körsatilib, şifoxonaga joylaştirilgan.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan ma'lumotlarda Xalq ta'limi bölimi xodimlari viloyat hokimligiga keçki selektor yiğilişiga çaqirtirilganligi körsatilgan, biroq örganişlar jarayonida şu kuni, ya'ni 29 sentyabrda Farğona viloyati Hokimligida yiğiliş yoki selektor ötkazilişi belgilanmaganligi, şuningdek yöl-transport hodisasiga uçragan haydovçi va yölovçilar özlarining şaxsiy yumuşlari bilan Danğara tumanidan Qöqon şahriga ketişayotganligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.








