AQŞ sobiq vitse-prezidentining öğli Xanter Bayden 2013 yil noyabrda otasining Xitoyga rasmiy taşrifida u bilan birga borgan va xitoylik banki Jonatan Li bilan bu mamlakatda xususiy investitsiya fondini taşkil qilgan. Bu haqda NBC telekompaniyasi xabar berdi.

Xanter Baydenning vakili Jon Mezayresning aytişiça, Xanter mazkur fondning 420 ming dollarlik uluşiga ega bölgan.  

NBC telekompaniyasining bildirişiça, AQŞ vitse-prezidenti nima uçun Xitoyga öğlini prezident samolyotida olib borgani va öz lavozim majburiyatlari bilan öğlining biznesi örtasiga çegara qöymagani borasida savollar paydo bölmoqda.

AQŞ prezidenti Donald Trampning advokati Rudolf Juliani ötgan haftada Xanter Baydenni Ukraina va Xitoydan noqonuniy ravişda mablağ olganlikda ayblagandi. Julianining ma'lumotiga köra, kiçik Bayden Ukrainadan 3 mln va Xitoydan 1,5 mlrd dollar pul olgan.