29 sentabr kuni Farğona viloyati Danğara tumani xalq ta'limi bölimi tasarrufidagi maktab rahbarlarining viloyat hokimligida bölib ötişi közda tutilgan tungi selektorga avtomobilda ketayotib halokatga uçragani haqida xabarlar tarqaldi.

 Xabarlarda «avariya»ga uçragan avtomaşinada 25 va 26-maktablarning direktor örinbosarlari va yana ta'lim muassasalarida işlovçi ikki xodim bölgani haqida ma'lumotlar berilgan.

 Internetda tarqalgan xabarlarda maktab rahbarlari Farğona viloyat hokimligida böladigan tungi selektorga ketayotib, avtohalokatga uçragani aytildi.

 Içki işlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda «Farğona hokimi tungi selektorga çaqirtirgan maktab rahbarlari avariyada halok böldi» sarlavhasi bilan tarqatilgan material yuzasidan Farğona viloyat Içki işlar boşqarmasining xabariga tayangan holda izoh berdi.

 Unda, yöl-transport hodisasi, unda halok bölgan xodimlar haqida ma'lumot berilib, ularni öz şaxsiy yumuşlari bilan Danğara tumanidan Qöqon şahri tomon ketayotganda avariyaga uçragani aytilgan.

 Halokatga uçraganlarning bugungi ahvoli bilan tanişiş, şuningdek, maorif xodimlari aslida öşa kuni qayerga ketayotgan bölganiga aniqlik kiritiş uçun Danğara tumanida bordik.

 Voqea joyida

 2019 yil 29 sentabr kuni soat 20:45larda Danğara tumani Xalq ta'limi bölimiga qaraşli 25-sonli maktabning direktor örinbosari M.D. «Neksiya» rusumli avtomaşinasini Qöqon şahri tomon boşqarib ketayotib,  yöl örtasiga örnatilgan beton tösiq ustiga çiqib ketgani va yölni yorituvçi temir ustunga urilişi natijasida avtomaşinaga örnatilgan gaz balonidan yonğin sodir bölgani aniqlangan. 

 Yonğin natijasida avtomaşina haydovçisi hamda oldi örindiqda bölgan yölovçi Danğara tumani Xalq ta'limi bölimiga qaraşli 26-sonli maktabning direktor örinbosari U.Ş. voqea joyida halok bölgan. Orqa örindiqda bölgan yölovçilar, Danğara tumani Xalq ta'limi bölimiga qaraşli 38-sonli maktabning direktor örinbosari T.L. va Danğara tumani Xalq ta'limi bölimi qorovuli M.B. tan jarohati olgan hamda ularga birinçi tez tibbiy yordam körsatilib, şifoxonaga joylaştirilgan.