Rossiya veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati – «Rosselxoznadzor» Özbekistonda öz vakolatxonasini oçişi kerak, deb hisoblaydi Senat raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, çorşanba kuni Oliy Majlis Senati va Rossiya Federatsiyalar Kengaşi örtasidagi hamkorlik böyiça parlamentlararo komissiyaning Toşkentda ötgan yiğilişida Safoyev ana şunday taklif bildirgan.
Uning fikriça, uşbu çora Özbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining Rossiyaga eksportini osonlaştirişga yordam beradi.
«Özbek eksportining ham hajmi oşişi uçun örtamizdagi savdo-sotiqni muvozanatlaştirişdan manfaatdormiz. Rossiya tomonidan buning uçun talab mavjud.
Ba'zida institutsional va huquqiy mexanizmlar yetişmaydi. Meva-sabzavotlar mahsulotlari eksporti böyiça gapiradigan bölsak, «Rosselxoznadzor» öz vakolatxonasini bizning mamlakatimizda oçadigan payt keldi. Şunda sertifikatlaş va boşqa köplab masalalar öz yeçimini topgan bölardi», – dedi Safoyev.
Ma'lumot örnida, 2019 yilning 9 oyi davomida Özbekiston-Rossiya tovar ayirboşlaş hami 4 mlrd dollarga yetgan. Bu bilan Rossiya Özbekistonning Xitoydan keyingi (5,2 mlrd) ikkinçi eng yirik savdo hamkori bölib qolmoqda.












