Rossiyaning «Rosselxoznadzor» mintaqalararo boşqarmasi Nijniy Novgorod oblastiga jigarrang ajin virusi (ToBRFV) bilan kasallangan 18,5 tonna oğirlikdagi pomidor partiyasini olib kirişga ruxsat bermadi. «Kommersant» xabariga köra, pomidorlar Özbekistondan keltirilgan.
Ta’kidlanişiça, uşbu virus barglarda mozaika va deformatsiyaga, mevalarda jigarrang ajinlar paydo bölişiga olib keladi. Virus yuqqan meva va sabzavotlar yaroqsiz holga keladi.
Zararli pomidorlar laboratoriya tomonidan tasdiqlangan bölib, tekşiruv hayvonlar salomatligi Federal markazining Nijniy Novgorod filiali mutaxassislari tomonidan ötkazilgan.
«Rosselxoznadzor» vakillarining ta’kidlaşiça, zararli mahsulotlar egasi tomonidan zararsizlantirilişi yoki yöq qilinişi kerak. Agar buni amalga oşirişning iloji bölmasa, pomidorlar egasining hisobidan Özbekistonga qaytarilişi lozim.

















