2019 yil 2 oktabr kuni Sirdaryo viloyat hokimligida boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov raisligida Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi rahbari Uluğbek Toşkenboyev, xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov, Davlat test markazi direktori Majid Karimov, Guliston davlat universiteti rektori Muhsin Hojiyevlardan iborat Respublika işçi guruhining taşkiliy yiğilişi bölib ötdi.

Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi matbuot xizmati xabariga köra, yiğilişda viloyatda mavjud umumiy örta ta'lim muassasalarini xatlovdan ötkaziş, ularning moddiy-texnika bazasi ahvolini örganiş, maktab direktorlarining menejyerlik qobiliyatlari va bilimlari, fan metodistlari va öqituvçilar hamda öquvçilarning bilim darajalarini aniqlagan holda viloyat xalq ta'limi tizimining bugungi kundagi real holatini baholaş böyiça vazifalar belgilandi. 

Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasiga viloyatdagi barça umumta'lim maktablarida öquvçilar bilimini sinovdan ötkaziş va mavjud ta'lim sifati holatini baholaş vazifasi yuklatildi.

Joriy yilda ilk marotaba respublikadagi mavjud ön mingga yaqin maktabdan 10 foizi (956 ta) da örganişlar ötkazilgan va maktablar reytingi e'lon qilingan. Uşbu jarayonda töplangan tajriba asosida Sirdaryo viloyatidagi barça maktablardan bittadan 9-sinflar tanlab olinib, öquvçilardan ona tili fani böyiça diktant va matematika böyiça yozma işlar olinadi. Mazkur jarayonni şaffof va obektiv taşkil etiş maqsadida Ta'lim inspeksiyasi hamda tegişli taşkilotlar vakillaridan iborat 15 ta işçi guruh tuzilib, har bir öquvçi uçun alohida sinov materiallari tayyorlandi.

Bundan taşqari, Sirdaryo viloyati pedagoglari örtasida sörovnoma ötkazilmoqda. Mazkur sörovnoma TALIS-2018 savollari asosida işlab çiqilgan bölib, maktabdagi öquv muhiti haqida va pedagogning kasbiy faoliyatiga oid 33 ta ijtimoiy savollardan iborat.

3 oktabr kuni respublika işçi guruhi a'zolari tomonidan öquvçilar bilimini sinaş va pedagoglar örtasida sörovnoma ötkaziş işlari boşlab yuborildi. 8 kun davom etadigan örganişlar jarayonida 15 ming nafarga yaqin öqituvçilar örtasida sörovnoma ötkaziş va 9-sinflar mavjud 299 ta umumta'lim maktablarining 8000 nafarga yaqin öquvçilarning bilim darajasini aniqlaş rejalaştirilgan.

Örganiş yakunida natijalar tahlil qilinadi va har bir maktab, tuman (şahar) va viloyat miqyosida ta'lim sifatini oşiriş böyiça «yöl xaritalari» işlab çiqiladi. Şuningdek, mazkur hududda töplangan tajribani respublika miqyosida ommalaştiriş çoralari köriladi.

Ma'lumot uçun, TALIS (Teaching and Learning International Survey) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (OECD)ga a'zo mamlakatlar iştirok etib kelayotgan xalqaro dastur hisoblanib, Özbekiston ham 2023 yilda TALIS'da iştirok etişi rejalaştirilgan.