Jahon Banki Özbekistonda Inson kapitali indeksini aniqlaşda Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi bilan hamkorlik qilişi haqida xabar berilgandi.  

Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi matbuot xizmati xabariga köra, ilk marotaba ötkazilayotgan uşbu jarayonni taşkil etişga oid dolzarb vazifalar joriy yilning 3 oktabr kuni Ta'lim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi rahbari Uluğbek Toşkenboyev, Jahon banki vakillari Yanssen Teyşeyra va Arub Iqbol, Özbekistonga xalqaro tadqiqotlarga tayyorlanişda yordam körsatib kelayotgan xalqaro miqyosida tan olingan testolog, ekspert Mark Zelman hamda inspeksiyaning tegişli mutaxassislari iştirokida muhokama qilindi. 

Videokonferensiya şaklida ötkazilgan muhokamada inson kapitali indeksini aniqlaş uçun maktab öquvçilaridan olinadigan testlarni tanlaş, iştirokçilarni saralaş va natijalarni umumlaştiriş yuzasidan özaro hamkorlikdagi vazifalar muhokama qilindi.

Xususan, mazkur sinovlarni PIRLS (boşlanğiç sinf öquvçilarining matnni öqiş darajasi va sifatini baholaş) xalqaro tadqiqotlari savollari asosida taşkil etişga, bunda baholaş 4-sinf öquvçilari uçun öquv yili hali endi boşlanganligini inobatga olib, 5-sinf öquvçilar örtasida tadqiqot ötkazişga kelişib olindi. Sinovlar uçun topşiriqlar xalqaro miqyosida tan olingan testolog Mark Zelman bilan hamkorlikda inspeksiya huzuridagi Ta'lim sifatini baholaş böyiça xalqaro tadqiqotlarni amalga oşiriş milliy markazi mutaxassislari tomonidan PIRLS’dan saralab tanlab olinadi va körib çiqiş uçun Jahon banki vakillariga taqdim etiladi.

Sinovlarni respublika böylab oktabr va noyabr oylarida taşkil etiş, bunda mavjud maktablarning 2 foizidan 10 foizgaça bölgan qismini tanlab oliş rejalaştirilgan.

Ta'kidlanişiça, uşbu sinov natijalari sabab Özbekiston tarixda ilk marotaba Inson kapitali indeksi reytingiga kiritilişi kutilmoqda. Inson kapitali indeksi reytingini şakllantirişda asosan 3 xil yönalişda ma'lumotlar tahlil qilinadi: soğliqni saqlaş, ta'lim sifati hamda boşqa iqtisodiy körsatkiçlarga oid statistik ma'lumotlar. Uşbu ma'lumotlar Jahon banki va iştirokçi mamlakat hamkorligida şakllantiriladi. 

2018 yilda e'lon qilingan «Inson kapitali indeksi-2018» reytingida Özbekiston Respublikasining ma'lumotlari e'lon qilinmagan. Özbekiston tomonidan faqat soğliqni saqlaş va iqtisodiy körsatkiçlar taqdim etilgan va bu Jahon banki tomonidan qabul qilingan. Biroq, 2017 yilga qadar Özbekiston maktab öquvçilarini bilimini aniqlaş uçun ötkazilgan monitoring işlari xalqaro standartlarga mos ravişda emasligi sababli ta'lim sifati (öquvçilarning bilimini baholaş) böyiça taqdim etilgan ma'lumotlar qabul qilinmagan.