Namangan viloyati, Çortoq tumanidagi «Zukko bolajon» oilaviy nodavlat maktabgaça ta’lim taşkiloti tarbiyalanuvçilari 8 may kuni qabristonga olib borilgani ma’lum böldi. Namangan viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi holat yuzasidan boğça rahbari «jiddiy ogohlantirilganini» ma’lum qildi.
«Tuman maktabgaça va maktab ta’limi bölimi tomonidan «Xotira va qadrlaş kuni»ni qay tarzda ötkaziş böyiça berilgan tavsiya xatiga qaramay, 8 may kuni mazkur maskan rahbari, tadbirkor Öğilxon Muhiddinova tomonidan 17 nafar tarbiyalanuvçi «Tol mozor» qabristoniga «ziyorat qiliş uçun» olib borilgani aniqlandi», deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, holat mahalla faxriylari, tarbiyalanuvçilarning ota–onalari iştirokida muhokama qilingan.
Öz vazifasiga nisbatan sovuqqonlik bilan yondaşgan muassasa rahbari «jiddiy ogohlantirilgan».










