Qaşqadaryoda daladan ruxsatsiz makkajöxori tergan boboni uşlab, uni nevaralari oldida haqorat qilgan şaxs Mirişkor tumani hokimi Ravşan Komilov ekani tasdiqlandi.

«Örganiş davomida mazkur holat Qaşqadaryo viloyati, Mirişkor tumani hududida sodir bölganligi, kadr ortidagi şaxs Mirişkor tumani hokimi ekanligi aniqlangan», deb ma'lum qildi Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinov.

Uning sözlariga köra, holat yuzasidan Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi organlari tomonidan tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.

Mirişkor tumani hokimi «öğri bobo»ni nevaralari oldida haqoratli sözlar bilan izza qildi. Uning «jazo»laşga vakolati bormi?