Internetda Qaşqadaryo viloyati Mirişkor tumani hokimi Ravşan Komilov nevaralari bilan tadbirkor fermer dalasidan makkajöxori sötalarini yulib çiqqan boboni nevaralari oldida izza qilgani tasvirlangan video tarqaldi.

Bir qaraşda Mirişkor tumani hokimi tadbirkorning mulki himoyasiga otlangandek. Lekin u nevaralari bilan söta yulgan boboni nevaralari oldida öğrilikda ayblab izza qilibgina qolmasdan, voyaga yetmagan bolalar oldida haqorat ham qilgan!

Hokim özining bu işini buyuk bir qahramonlik sifatida baholab yuborgan şekilli, videoga ham olgan va boşqalarga «dars» bölişi uçun ijtimoiy tarmoqlarda tarqattirgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa odamlar tomonidan uşbu videoga bildirilayotgan fikrlar yakdil: barça hokimni notöğri iş qilişda ayblamoqda.

Bildirilgan ayrim fikrlardan iqtibos keltiramiz:

«Agar siz yaxşi rahbar bulganingizda, bu insonni nevaralari oldida «sindirmagan» bölar edingiz!»

«Inson qadri hamma narsadan doim ustun turgan, lekin ming afsuski, bunday hokimlar ma'naviyatsizlikka duçor bölgan va inson qadrini poymol qilişda davom etmoqda. Uç-törtta makkajöxori bilan dunyo tugab qolmaydi-ku, biz özbeklar kimningdir boğida yoki köçada turgan daraxtning mevasidan söramasdan iste'mol qilamiz-ku, lekin bunga heç kim qarşilik qilmagan. Öşa daraxtning egasi ham qarğab-sökmagan, çin dildan rozi bölişgan. Inson şa'ni har narsadan ustun. Bu insonni nevaralari oldida izza qiliş sökib xaqoratlaş juda katta xudbinlikdir. Xalqimizda «Yaxşi gap bilan ilon inidan çiqar», degan maqol bejiz aytilmagan. Töğrilikça, xuşmuomalalik bilan tuşuntirsa bölardi-ku?! Hokim ham bola bölgan, yoşligida kimningdir boğidan yoki dalasidan nimadir olib yegandir, axir. Men bu insonning örniga özimni qöyib körsam, yer yorilsa-yu yerga kirib ketsam, degan xayollar keldi, bunday haqoratlarga...»

Xöş, hokim öğrilarni urişib, haqoratlab töğri yöl tutganmi? Nega tuman rahbari Özbekiston fuqarosini bu tarzda özboşimçalik bilan «jazo»layapti? Uning bunga vakolati bormi?

Fuqaro qonunbuzarlik qilgan bölsa, hokim bunga şaxsan özi guvoh bölgan bölsa ham bu xatti-harakatga nisbatan çora körişning boşqa yöllari bor-ku? Aytaylik, ma'muriy bayonnoma rasmiylaştiriş, yetkazgan zararini qoplatiş, boboning xatti-harakati uçun jarimaga tortiş. Bu hol yoş gödaklarning ruhiyatida qanday iz qoldirişini ham bir öylab köring-a. Tarbiya şunday böladimi?