Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengaşi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori qabul qilindi.

Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi prezidentining “Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida” 2019 yil 1 iyuldagi PQ-4380-son qaroriga muvofiq Adliya vazirligi huzurida Özbekiston Respublikasi adliya vaziri rais hisoblanadigan intellektual mulk obektlarining huquqiy muhofazasi bilan boğliq bölgan apellyatsiyalarni körib çiquvçi Apellyatsiya kengaşi taşkil etilişi belgilangan.

Nizomga köra, Apellyatsiya kengaşi öz faoliyatini Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini, seleksiya yutuqlarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini, tovar belgilari, xizmat körsatiş belgilari va tovar kelib çiqqan joy nomlarini huquqiy muhofaza qiliş bilan boğliq apellyatsiyalarni sudgaça körib çiquvçi kollegial organi sifatida amalga oşiradi.

Apellyatsiya kengaşi:

a) Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining talabnomada körsatilgan:

sanoat mulki obektlari;

seleksiya yutuqlari;

integral mikrosxemalar topologiyalari;

tovar belgilari, xizmat körsatiş belgilari va tovar kelib çiqqan joy nomlariga nisbatan qabul qilingan qarorlari yuzasidan apellyatsiyalarni körib çiqadi;

b) manfaatdor yuridik va jismoniy şaxslarning:

sanoat mulki obektlariga patent berilişi;

seleksiya yutuqlariga patent berilişi;

integral mikrosxemalar topologiyalarining röyxatdan ötkazilişi;

sanoat mulki obektlariga va seleksiya yutuqlariga berilgan patentlarning haqiqiyligi;

tovar belgisi, xizmat körsatiş belgisi, tovarning kelib çiqqan joy nomidan foydalaniş huquqi töğrisidagi guvohnomaning haqiqiyligi;

Özbekiston Respublikasi hududida belgining xalqaro röyxatdan ötkazilişining amal qilişiga yuzasidan apellyatsiyalarini körib çiqadi;