Kun.uz tahririyatiga jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudining 2017 yil 24 avgustdagi hukmiga asosan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi, 168-moddasi 3-qismi va 28-211-moddasining 3-qismi bilan aybli deb topilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan va hozirda jazoni 42-sonli manzilli koloniyada ötayotgan Eltazarova Sayyora Tojiboyevnadan kelib tuşgan murojaatda uning jinoiy qilmişi tergov va sud organlari tomonidan notöğri malakalangani haqida bayon etiladi. 

«Hayot insonga bir bor beriladigan ne'matdir. Inson huquqlari va qadr-qimmati eng oliy qadriyat sifatida e'tirof etilayotgan bir zamonda, tergov va sud organlarining biryoqlama qaraşlari sabab mening huquqlarim poymol etildi. Jinoyat sodir etganimni inkor etmayman, har ne bölganda ham taqiqlangan işni qilib, jinoyatga qöl urdim. Biroq men sodir etgan jinoyat uçun 9 yil qamoq jazosi berilişi bu adolatsizlikdir. Tergovçi va sudyalarning qat'iyatsizligi sabab mening qilmişlarim öta oğir jinoyat sifatida malakalandi.

Tan olib aytişim lozimki, bir neça epizodlarda fuqarolarga oliy ta'lim muassasasini bitirganligi töğrisidagi soxta diplomlarga, garçi buning jinoiy qilmiş ekanligini bilsam-da fuqaro R.A.ning iltimosiga köra har biriga 50 AQŞ dollari miqdorida haq evaziga soxta yozuvlar kiritib berganman. R.A.ning ortida kimlar turganidan va ular nima bilan şuğullanişidan mutlaqo bexabar bölganman.

Alaloqibat, men sun'iy ravişda, faqatgina hibsga olinganimdan söngina tanigan odamlar bilan jinoiy guruh a'zosi bölib qoldim. Ularning Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi va 28-211-moddasining 3-qismiga loyiq jinoiy qilmişlarida mening umuman iştirokim bölmagan bölsa-da, tergov va sud buni inobatga olmadi. Şu öta oğir jinoyat deya e'tirof etiladigan moddalarning menga ham tirkalişi natijasida uzoq muddatga – 9 yilga ozodlikdan mahrum etildim. Hozirda qilmişimdan çin dildan puşaymon bölib tavba qilmoqdaman. Adolat qaror topib, menga asossiz tirkalgan maş'um moddalar olib taşlansa umrimning qolgan qismini oilam, farzandlarim, şirindan şakar nabiralarim bağrida ötkazsam deyman», deyiladi murojaatda.

Mazkur murojaat doirasida dastlabki tergov va sud protsesslarida S.Eltazarovaning himoyasini ta'minlagan advokat bilan suhbatlaşdik. Uning ma'lum qilişiça, S.Eltazarova jami bölib 4ta epizodda rasmiy hujjat hisoblangan turli oliy ta'lim muassasalarining qalbaki diplomlariga soxta ma'lumotlar kiritganini, mazkur hujjatlarni qabul qilib olgan şaxslar dastlabki tergovda ham, sudda ham bergan öz körsatuvlarida S.Eltazarovani umuman tanimasliklarini bildirişgan. Tergov va sud S.Eltazarovaning aybini malakalaşda uning harakatlarida 25,168-modda 3-qismi «v» bandi va 25,28,211-moddasi 3-qismi «b» bandida körsatilgan jinoyat alomatlari bor-yöqligini tekşirib körmasdan şu moddalar bilan aybli deb topgan. Qolaversa, jinoyat işida jinoiy guruh rahbari deya e'tirof etilgan Ş.Ş.ning S.Eltazarovani oldindan tanişi haqidagi yoki Ş.Ş.ning pora berişga biron bir şaxsni dalolat qilganligi yuzasidan S.Eltazarova bilan kelişib olişganligi haqidagi körsatuvlari ham mavjud emas. R.A. ham S.Eltazarovaga qalbaki diplom uçun pul berayotganida S.Eltazarovaning biror mansabdor şaxsga pora berişi kerakligini aytganligi haqidagi körsatuvlari yöq.