«Strause House» MÇJ ta'sisçisi Ibrohim Isroilovga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan qözğatilgan jinoyat işi böyiça Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov departamenti «Strause House» MÇJ mansabdor şaxslari tomonidan sodir etilgan jinoyat natijasida jabr körgan fuqarolardan tergov organiga murojaat qilişlari lozimligi eslatildi.
«Hurmatli fuqarolar!
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan «Strause House» MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi
4-qismi «a» bandi bilan qözğatilgan jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda «Strause House» MÇJ mansabdor şaxslari tomonidan sodir etilgan jinoyat natijasida jabr körgan fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiliş hamda ularning ortiqça ovoragarçiliklarining oldini oliş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV, Toşkent şahar va Toşkent viloyati IIBB hamda viloyatlar IIB huzuridagi Tergov boşqarmalari, şuningdek respublikamizning barça şahar va tuman IIBlari huzuridagi Tergov bölimlarida (bölinma, guruh) tergov guruhlari taşkil etilgan.
Agarda siz «Strause House» MÇJ mansabdor şaxslarining jinoiy xatti-harakatlaridan jabr körgan bölsangiz, özingizga yaqin bölgan içki işlar bölimiga, şuningdek Tergov departamentining (71) 231-46-28 va (71) 233-65-34 telefon raqamlariga murojaat qilişingizni söraymiz», deyiladi Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma'lumotida.
Ma'lumot uçun, markazlaşgan tergov guruhi Tergov departamentida taşkil etilgan.
Manzil: Toşkent şahar, Yakkasaroy tumani, Yu.Rajabiy köçasi, 1-uy.
Markazlaşgan tergov guruhi rahbari: Tergov departamenti katta tergovçisi Utemuratov Azat Minajoviç.
Murojaat uçun telefon: (98) 279-25-80 va (71) 231-41-28.






