Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Kattaqörğon şahrida köçada tuyaquşlar yurgani tasvirlangan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan şahar hokimligi axborot xizmati izoh berdi.
Ma'lum qilinişiça, Kattaqörğon şahrida «Har bir oila-tadbirkor» dasturi böyiça afrika strausi-tuyaquşlar boqiş bilan şuğullanadigan öndan ziyod tadbirkorlik sub'yektlari faoliyat olib borişmoqda.
Videotasvirdagi tuyaquşlar tadbirkorlardan biri tomonidan bundan ikki yil oldin olib kelingan jöjalar bölib, ular bugun ulğayib, tasvirda köringanidek voyaga yetgan. Tadbirkor tuyaquşlarni ferma atrofida sayr qildiriş uçun olib çiqqanda ular katta yölga çiqib ketişgan va Amir Temur köçasi böylab «sayr qilişgan».
«Ayni damda bu holat köpçilik uçun yangilik bölib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining qiziqişiga sabab böldi. Tuyaquşçilik biznesiga qiziqqan tadbirkorlar şaharga kelib, şunaqa tez yuguradigan afrika tuyaquşlarini xarid qilişlari mumkin», deyiladi şahar hokimligi axborot xizmati izohida.







