Andijon viloyatining Böz tumanida 7 oktabr kuni özini «Majburiy ijro byurosida işlovçi Husniddin» deb taniştirgan şaxs tumandagi «Tafakkur» mahallasida yaşovçi A.Jumanovadan «gaz ballon olib beraman» deb 110 ming söm, tumanning Yangi hayot qişloğida yaşovçi S.Jumaboyeva va uning qöşnisidan ham gaz ballon olib berişga va'da qilib, har biridan 110 ming sömdan pul olib, hozirgi kunga qadar gaz ballonlarni bermagan.
Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Böz tuman bölimi va tuman içki işlar boşqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida MIBning soxta xodimining şaxsi aniqlanib, u qölga olindi. Uşbu şaxs ilgari ham Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan 2 marta sudlangani aniqlangan.

Hozirda Böz tumani IIB tomonidan dastlabki suriştiruv işlari olib borilmoqda.











