Kun.uz suhbatlaşgan huquqşunos masalaning inson şa’ni bilan boğliq jihati borligiga urğu berdi.
“Albatta, aliment tölaş – bu ota-ona zimmasidagi qonuniy majburiyat. Davlat organlarining qarzdorlikni undiriş böyiça çoralar körişi tabiiy va zarur. Biroq har qanday ijro harakati qonun doirasida va inson şa’ni hamda qadr-qimmatini hurmat qilgan holda amalga oşirilişi lozim”, – dedi u.
Yuristning qayd etişiça, qarzdorlik – huquqiy masala. Uni hal etiş mexanizmlari sud va ijro organlari orqali belgilangan. Jamoatçilik oldida oşkora e’lon qiliş esa şaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi tamoyiliga zid bölişi, şa’n va qadr-qimmatga putur yetkazişi, huquqiy davlat prinsiplariga mos kelmasligi mumkin.
“Huquqiy jamiyatda tartib-intizom jamoatçilik bosimi emas, avvalo qonun bilan ta’minlanişi kerak”, deydi huquqşunos.

Eslatib ötamiz, 2024 yil fevral oyida Navoiy viloyatining Karmana tumanida mahallalarga “Şarmanda doskasi” tarqatilgan, bu doskaga mahalla hududida yaşovçi, firibgarlik jinoyatini sodir etgan va tegişli sud qarori qonuniy kuçga kirgan şaxslarning suratlarini ilib qöyiş möljallangan edi.
Öşanda ombudsman Feruza Eşmatova bu inson huquqlariga zid ekanini aytib çiqqandi.











