Energetika tizimida amalga oşirilayotgan Özbekiston-Afğoniston hamkorligi köpçilikka ma'lum. Ammo 40 yildirki, Afğoniston notinç mamlakat sifatida tilga olinadi. Energetika borasidagi hamkorlik Afğoniston Islom Respublikasi bilan qöşniçilik aloqalarini yaxşilaş, uning çegaradoş hududlariga elektr energiyasini eksport qiliş, bu orqali mamlakatimiz iqtisodiyotiga çet el valutasi oqimini oşiriş maqsadida amalga oşirilmoqda.

Özimizdagi elektr ta'minotidagi uzilişlar bölayotgan bir paytda energiya eksportidan ne naf, degan fikrlar ham ayrim iste'molçilarimiz tomonidan bildirilayotgani bugungi kun haqiqati. Bu borada energetika tizimi mutaxassislari, hatto xorijiy ekspertlar ham öz fikrlarini bayon etişdi. Xulosa aniq: turli nosozliklar tufayli yoki simyoğoç va uskunalarni yangisiga almaştirişda (modernizatsiya dasturi) sodir böladigan uzilişlar energiya eksportiga boğliq emasligi endi köpçilikka ma'lum. Bu borada iste'molçilar bilan bevosita işlaydigan «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ mutaxassislari jamoatçilik orasida tuşuntiriş işlari olib bormoqda.

Bir muddat muqaddam, 15-16 sentabr kunlari Afğonistondagi magistral elektr uzatiş tarmoqlari (bir neçta tarmoq ustunlari) jangarilar tomonidan portlatilgani haqida xabarlar xorijiy hamda mahalliy ommaviy axborot vositalarida tarqalgan edi. 14 sentabr soat 14:00dan keyin Özbekistondan Afğonistonga uzatilayotgan elektr energiya miqdorini qabul qiliş darajasida keskin tuşiş holati röy berib, bu odatdagidan qariyb 3 marta kam ekanligi “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning Axborot xizmati tomonidan ma'lum qilindi.

24 sentabr kuni soat 17:00 lar atrofida uzatiş quvvatida qisqa muddatli uzilişlar paydo bölib, taxminan 17:40 larda tarmoqda yana yuklama paydo bölgani, ammo oradan yarim soat vaqt ötgaç, mavjud quvvat darajasi me'yordagidan qariyb 4,5 marta pasayib ketgani xabar qilingan edi. Bu voqea-hodisa Jamiyatning eksport salohiyatini pasaytirib yuborayotganiga xavotir bildirgan holda yuzaga kelgan nosozliklar afğon energetiklari — “Da Afghanistan Breshna Sherkat” (DABS) tomonidan tez orada bartaraf qilinib, energiya eksporti belgilangan tartibga muvofiq davom ettirilişiga umid bildirilgan edi.

9 oktabr, tungi soat 01:40 da Afğoniston Islom Respublikasiga yetkazib berilayotgan elektr energiyasining miqdori 0 (nol) darajaga tuşib ketdi. “Da Afghanistan Breshna Sherkat” mutasaddilaridan olingan ma'lumotlarga qaraganda, tabiiy ofat oqibatida Salang dovonidan ötuvçi “Puli-Xumri” va “Çimtala” podstansiyalarini boğlovçi 220 kVli havo liniyasining 386-tayanç ustuniga zarar yetgan. Öşa kuni tongda,  soat 09:56 da eksport faqatgina Mozori Şarif yönalişi böyiça tiklandi va bu umumiy eksport qiymatining 10–13% ni taşkil etdi. Xorij matbuotida esa nosozliklarga jangovar harakatlar sabab bölayotgani aytildi. Afğonistonda töliq tafsilotlari ayon bölmagan jangovar harakatlar tufayli nosoz holga kelgan ustunlar 3-4 kun içida ta'mirlanişi afğonistonlik energetiklar tomonidan va'da qilingan.