Kun.uz tahririyatiga Buxoro davlat universitetida ta'lim oluvçi bir guruh talabalardan murojaat kelib tuşdi. Unda talabalarga yotoqxonada joy yetmayotgani haqida aytilgan. Şu sababli ularning ayrimlari juda qimmat narxlarga ijarada turişmoqda. Yana ba'zilari uzoqroqdan öqişga  qatnaşmoqda. Holbuki, universitetdagi talabalar uyida böş joylar bor. Lekin bu joylar turkmanistonlik talabalar uçun zaxira sifatida uşlab turibdi.

Mazkur murojaatni örganiş uçun Buxoro davlat universitetida bölib, mas'ul mutasaddilar bilan masalaning yeçimiga qiziqdik.

Ma'lum bölişiça, murojaatda tilga olib ötilgan turkmanistonlik talabalar katta şartnoma puli evaziga öqişadi. Xorijlik talabalar birinçi navbatda yotoqxona bilan ta'minlanar ekan.

Buxoro davlat universitetining yoşlar masalalari böyiça prorektori Orif Qodirovning aytişiça, talabalar yotoqxonasidagi joylar avvalo xorijlik talabalarga, söngra boşqa viloyatlardan kelib öqiyotganlarga, undan keyin Buxoro viloyatining Qoraköl, Olot, Ğijduvon kabi uzoq tumanlaridan kelganlarga berilar ekan.

Dekanatlar uşbu tartib böyiça talabalar röyxatini taqdim etişadi va ularga order beriladi. Yotoqxona pullik, oyiga 100 ming söm atrofida.

Universitetda 600 nafardan ortiq xorijiy talabalar ta'lim olişmoqda. Kontrakt puliga ularning yotoqxonada istiqomat qilişlari ham qöşilgan.

Boz ustiga, Buxoro davlat universiteti talabalar yotoqxonalaridagi tartibdan hayratga tuşdik. Bu yer yaqindagina mukammal ta'mirdan çiqarilgan. Talaba-yoşlar uçun barça şaroitlar muhayyo qilingan. Şuning uçun ham unga talabgorlar köp.

Universitet talabalar turarjoyi boşqaruvi direktori Vohid Nusratov masala yuzasidan şunday fikr bildirdi:

Yettita korpusda talabalar uçun qariyb 1900ta joy mavjud. Biroq, universitetda 14 mingdan ziyod talaba öqiydi. Ular uçun barça şaroitlar muhayyo qilingan. Universitet hududida talabalar uçun tuşlik va keçki ovqat arzon narxlarda sotiladigan oşxonalar ham faoliyat körsatmoqda.