Sport | 02:07 / 12.10.2019
14527
3 daqiqa o‘qiladi

Yevro-2020 saralashi. Angliya mag‘lub bo‘ldi, Fransiya va Turkiyada qiyin g‘alaba

Foto: Reuters

Yevro-2020 saralashi doirasida A, V va N guruhlarida 7-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

A guruhida Angliya ilk mag‘lubiyatini Chexiyadan qabul qilib oldi. Chexlar g‘alaba to‘pini 89-daqiqada kiritishdi.

V guruhida ikki peshqadamlar Ukraina va Portugaliya o‘z maydonlarida navbatdagi ishonchli g‘alabalarni qo‘lga kiritishdi. Keyingi turda mana shu ikki jamoa Ukrainada bahs yuritadi.

N guruhida Fransiya ham, Turkiya ham minimal hisobidagi qiyin g‘alabalarni qo‘lga kiritishdi. E'tiborlisi, turklar Albaniya darvozasiga 90-daqiqada gol urishdi.

Yevro-2020 saralashi, 7-tur
11 oktabr

A guruhi

Chexiya – Angliya 2:1

«Sinot-Tip Arena»
Gollar: Brabets (9), Ondrashek (89) – Keyn (5, penalti).
Chexiya: Vatslik, Brabets, Borjil, Tsoufal, Chelyustka, Masopust, Yankto (Kopits, 83) , Souchek, Darida, Kral, Shik (Odrashek, 83).
Angliya: Pikford, Kin, Maguayr, Rouz, Tripper, Rays, Sancho (Reshford, 73), Xenderson, Maunt (Barkli, 72), Sterling, Keyn.
Ogohlantirishlar: Yankto (8), Rouz (10), Sterling (68).

Chernogoriya – Bolgariya 0:0

V guruhi

Portugaliya – Lyuksemburg 3:0

«Joze Alvalade»
Gollar: Bernardu Silva (16), Ronaldu (65), Gedesh (89).
Portugaliya: Patrisiu, Semedu, Pepe, Diash, Gerreyru, Brunu Fernandesh, Danilu, Bernardu Silva (Guedesh, 77), Moutinyu (Nevesh, 90), Felish (Mariu, 88), Ronaldu.
Lyuksemburg: Moris, Shano, Karlson, Yans, Jyerson, O.Till, V.Till (Bensi, 88), Rodrigesh, Barreyro, Bonert (Sinani, 46), Tyurpel (Da Mota, 59).
Ogohlantirishlar: Barreyro (9), Rodriges (71).

Ukraina – Litva 2:0
Gollar: Malinovskiy (29, 58).

N guruhi

Islandiya – Fransiya 0:1

«Laugardalsvellur»
Gol: Jiru (66, penalti).
Islandiya: Xalldoursson, Arnason, Skulason, Sigurdsson, Paulsson, Traustason (Arnor Sigurdsson, 81), Byarnason, Siguryonsson (Finnbogason, 73), Gudmundsson (Bovarsson, 16), Sigurdsson, Sigtorsson.
Fransiya: Mandanda, Pavar, Din, Varan, Langle, Tolisso, Kante, Matyuidi, Koman (Ikone, 88), Grizmann, Jiru (Ben-Yyedder, 78).
Ogohlantirishlar: Jiru (29), Sigurdsson (43), Siguryonsson (63), Pavar (68), Tolisso (87).

Turkiya – Albaniya 1:0
Gol: Tosun (90).

Andorra – Moldova 1:0
Gol: Vales (63).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid