Takliflar paketi haqida YeIning kengayiş masalalari böyiça komissari Marta Kos 6-oktabr kuni Strasburgda maʼlum qildi. Uning aytişiça, dastlabki baholaşlar ittifoq kengayişga tayyorligini körsatgan, biroq ayrim sohalarda özgarişlar zarur.
Yevrokomissiyaning asosiy maqsadlaridan biri - aʼzolik muzokaralaridagi ayrim oraliq qarorlarni qabul qilişni yengillaştiriş. Xususan, muzokaralar klasterlarini oçiş kabi masalalarda bir ovozdan rozilik talabini malakali köpçilik ovozi bilan almaştiriş taklif etilmoqda.
Bu bir davlatning vetosi sababli butun jarayon töxtab qolişi mumkin bölgan holatlarni kamaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Nomzod davlatlarga töliq aʼzo bölişidan avval ham köproq imkoniyat beriş rejalaştirilgan. Belgilangan islohotlarni amalga oşirgan mamlakatlar YeIning ayrim dasturlari, fondlari va sohaviy hamkorligida kengroq iştirok etişi mumkin.
Gap, jumladan, energetika, transport, sunʼiy intellekt, xavfsizlik va mudofaa sohalari haqida ketmoqda. Kos bosqiçma-bosqiç integratsiya tölaqonli aʼzolik örnini bosmasligini, balki unga erişişni tezlaştirişi kerakligini taʼkidlagan.
Yangi aʼzolar uçun qöşimça himoya mexanizmlari ham taklif qilinmoqda. Bryussel mamlakatlar ittifoqqa kiriş uçun bajargan demokratik talablaridan keyinçalik ortga qaytmasligini taʼminlamoqçi.
Taklifga köra, aʼzolikdan keyingi 15 yil davomida asosiy demokratik qadriyatlar yoki samimiy hamkorlik tamoyili buzilsa, tegişli davlatning YEI byudjetidan mablağ olişi va hatto ovoz beriş huquqi töxtatilişi mumkin.
«Boşqa Viktor Orbanlar bölmasin», - degan Marta Kos. U amaldagi 7-modda tartibiga nisbatan tezkorroq çora köriş mexanizmlari zarurligini bildirgan.
Ukrainaning qişloq xöjaligi böyiça ham alohida şartlar muhokama qilinmoqda. Yevrokomissiya mamlakat agrar sektorining kölami va yuqori unumdorligi YEI bozorlariga taʼsir qilişi mumkin, deb hisoblamoqda. Şu sababli ayrim sezgir mahsulot turlari uçun maxsus mexanizmlar işlab çiqiş közda tutilgan.
Kos Yevropa fermerlarini himoya qiliş bilan birga, Ukrainaga uçinçi mamlakatlardagi anʼanaviy eksport bozorlariga qaytişda yordam beriş vaʼdasini bergan. Bu masalalar qişloq xöjaligiga oid muzokaralar doirasida muhokama qilinadi.

















