Ming marta eşitgandan bir marta körgan afzal, deyişadi. Biroq ba'zi fotosuratlar şu qadar hayrat uyğotadiki, köz oldingizda turgan bölsa ham bir qança savollar tuğdira oladi. Şuningdek, XIX asrga oid suratlarga nisbatan uyğonuvçi ilk savollardan biri ham «Bu fotoşopmi?» iborasidir.
Hozirgi kun internet jamoatçiligi ikki oqimga bölingan: bir tomon fotoşopni özini hurmat qiluvçi fotografga yaraşmaydigan instrument deb hisoblasa, boşqalar esa fotomuharrirlar zamonaviy imkoniyatlardan ham foydalanişlari mumkinligi va bunda heç qanday uyatli narsa yöqligini ta'kidlaydilar.
Nima bölganda ham, kundan kunga köproq fotograflar öz tasvirlarini tahrir qilişga intilmoqda. Axir bugungi kundagi kamera va dasturiy ta'minotlar qöllaşga yanada oson va hammabop bölib bormoqda, demakki avvaldanoq tahrirga muhtoj bölmagan tarzda iqtidor körsatilgan va ajablanarli çiqqan suratlar borgan sari noyob va qadrli deb e'tirof etilmoqda. Quyidagi töplam ham şu haqda: uşbu fototasvirlar hayratga sabab bölgan va kişida fototahrirsiz bunday suratga erişiş imkoni bormi degan ikkilaniş paydo böladi. Ammo işoning, quyidagilarning heç biriga qöşimça effektlar işlatilmagan!





























