Sönggi vaqtlarda plastik jarrohlar noodatiy tendensiyani kuzatişmoqda: odamlar selfi olib, özlarini fotoşop dasturli ilovalarda tahrirlab, jarrohlardan ana şunday mukammal versiyalarga öxşatib operatsiya qilişni söraşmoqda. BigThink naşri şu haqidagi maqolasi bilan bölişdi.
Boston Universiteti Tibbiyot maktabi Dermatologiya bölimi tadqiqotçilarining JAMA Facial Plastic Surgery'da yozişlariça, mazkur tendensiya Snapchat dysmorphia nomini oldi.
Nima uçun Snapchat deysizmi? Snapchat va Facetune kabi maşhur ilovalar suratlarni "filtrlaş" imkonini berib, terini taranglaştiriş, tişlarni oqartiriş va hatto köz hamda lablarni kattalaştiriş funksiyalarini taklif qiladi. Bunday imkoniyatlar yordamida har bir inson özining sezilarli kamçiliklarini sanoqli soniyalarda yaşirişi mumkin.
Bu bir zumda "mukammallik"ka erişişdir. Ilgari faqat maşhur kişilar fotosessiyalarida suratlarni tahrirlaş texnologiyasidan foydalanişar edi. Bugun esa u barça telefonlarda.
Manbada keltirilişiça, bu tendensiya taşvişga sabab böladi, çunki öz suratini "filtrlagan" odamlar köpinça erişib bölmaydigan çiroyni tasavvur qilişadi va reallik çegarasidan ötişadi. Bunday filtrlangan suratlarning keng tarqalişi insonning öziga bölgan işonçiga ta'sir körsatişi, uning real hayotda özgaça körinişdan uyalişiga va hatto dismorfogen tana buzilişi (body dysmorphic disorder - BDD)ga olib kelişi mumkin.
BDD - taşqi körinişdagi kamçiliklardan haddan taşqari qayğuriş. BDD kattalar bilan bir qatorda bolalarga ham taalluqli, bu ayniqsa, masxaralaş yoki tahqirlaşning muayyan şakllaridan aziyat çekkan yoşlarda yaqqol seziladi.
Tadqiqotçilarning sözlariga köra, BDD'ga yöliqqan kişilar öz kamçiliklarini yaşiriş uçun köp narsaga tayyor bölişadi - taşqi körinişlarini özgartirişga umid qilib, tez-tez dermatolog va plastik jarrohlarga murojaat qilişadi.
The International OCD Foundation baholariga köra, AQŞning 1,7-2,4 foiz aholisi yoki 5-7,5 million kişi BDD bilan kasallangan. Manbada real körsatkiçlar bundan-da yuqori bölişi mumkinligi aytilmoqda, çunki hamma ham BDD belgilarini oçiq namoyiş qilavermaydi.
Tadqiqotlarning körsatişiça, BDD'dan aziyat çekuvçi kişilar ijtimoiy tarmoqlardan öz jozibadorliklarini tasdiqlaş vositasi sifatida foydalanişga moyil bölişadi.
Öz suratlariga köp "zeb" beruvçi ösmir-qizlar boşqalarga qaraganda öz taşqi körinişlaridan köproq xavotirda bölişar ekan.












