Içki işlar vazirligi Tergov departamenti «Avto oltmish oy» MÇJ mansabdor şaxslari va boşqalarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi 1-qismi, ya'ni pul mablağlarini va boşqa mol-mulkni jalb etişga doir noqonuniy faoliyatini tekşiriş maqsadida jinoyat işi qözğatdi.
«UzAuto Motors» kompaniyasining Içki işlar vazirligiga yöllagan murojaati yuzasidan vazirlik huzuridagi Tergov departamenti tomonidan «Avto oltmish oy» mas'uliyati çeklangan jamiyatining mansabdor şaxslari va boşqalarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi 1-qismi, ya'ni pul mablağlarini va boşqa mol-mulkni jalb etişga doir noqonuniy faoliyatini tekşiriş maqsadida jinoyat işi qözğatilgan», deyiladi Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Tergov departamenti tomonidan Kun.uz’ga berilgan ma'lumotda.
Jinoyat işi yuzasidan olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari davomida fuqarolarning mol-mulkini jinoiy tajovuzdan himoyalaş va «Avto oltmish oy» mas'uliyati çeklangan jamiyatining faoliyati şaffofligini örganiş maqsadida, moliya-xöjalik faoliyati hujjatli taftişni ötkaziş yöli bilan tekşiriladi.
Ayni vaqtda «Avto oltmish oy» mas'uliyati çeklangan jamiyatining boş ofisi va viloyatlardagi filiallarida mavjud buxgalteriya hujjatlarini aniqlab oliş maqsadida tergov guruhlari tomonidan tintuv tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Şu bilan birga, tadbirkorlik sub'yektining nazorat kirim-çiqim operatsiyalari nazoratga olinadi, lekin faoliyati töxtatib qöyilmaydi.
Taftiş yakuniga köra, mazkur jamiyat mansabdor şaxslari va boşqalarning harakatlariga huquqiy baho berilib, jinoyat işi böyiça yakuniy qaror qabul qilinadi.







