Reklama ortidagi tuzoq

2024-yil yozida institutni tamomladim. Işga joylaşiş uçun köp joyga hujjat topşirib kördim, ammo natija bölmadi. Şundan söng Instagram’dagi eʼlonlarni kuzatib, özimga mosroq iş izlay boşladim.

Şunday kunlarning birida onlayn iş taklif qilingan reklamani körib qoldim. Unda internet orqali işlab, yaxşi pul topiş mumkinligi aytilgandi. Reklama ostidagi tugmani bosib, telefon raqamimni qoldirdim. Köp ötmay, men bilan Telegram orqali boğlanişdi.

Taklif etilayotgan iş bir qaraşda juda oddiy edi: video tomoşa qilib, turli vazifalar bajarilsa pul tölanişi aytildi. Bu meni qiziqtirib qöydi. Şu sababli kompaniya haqida batafsilroq söray boşladim: nomi PGM - Pioneer Global Media ekan.

“Asosiy faoliyatimiz mahsulotlarni internetda reklama qiliş. Maxsus ilovamiz bor. Siz öşa yerda video tomoşa qilasiz va kunlik vazifalarni bajarasiz. Bu orqali esa daromad olasiz. Kompaniya reklama orqali tuşadigan foydani işçilarga taqsimlab beradi. Boş ofisimiz London şahrida joylaşgan”, dedi u.

Taklif menga maʼqul böldi. 2025-yil aprel oyida PGM platformasida röyxatdan ötib, undan foydalana boşladim.

Işonçli köringandi

Dastlab pul tikiş talab qilinmadi. Har kuni 4 tadan, ikki kunda 8 ta vazifani bajardim. Platformadagi hisobimga 16 ming söm tuşdi. Mablağni tajriba sifatida bank kartamga ötkazib kördim. Tuşdi. Summa kiçik bölsa-da, taklif etilgan onlayn iş rostdan pul tölab berayotganiga işondim.

Oradan köp ötmay, köproq pul topiş uçun platformadagi darajalardan birini sotib olişim kerakligi aytildi. Daraja qança yuqori bölsa, vazifalar soni va ular uçun tölanadigan haq ham şunça oşib borardi.

Boşlanğiç daraja, yaʼni F1 uçun tölov qildim. Bu darajaning depozit majburiyati 141 ming söm edi. Unda kuniga 4 ta vazifa berilar, ularning har biriga 2 ming sömdan tölanardi. Iş kuni esa 6 kun qilib belgilangandi. Şunda bu darajada kuniga 8 ming sömdan bir oyda 144 ming söm işlaş mumkin edi.

Men topgan pulimni depozitga qöyib, yuqoriroq darajaga ötişga harakat qila boşladim. Çunki, daraja yuqori bölgani sari depozit summasi ham, daromad ham oşib borardi. Hatto nogironlik nafaqamni ham şu işga tikdim.

PGM’dagi daromadim köpayib borayotgandek edi. 2025-yil iyun oyida navbatdagi darajaga ötiş uçun 3 mln 550 ming söm kerak böldi. Tanişimdan qarz olib, tölovni amalga oşirdim. Men bu işni oddiy qöşimça iş emas, balki asosiy daromad manbaiga aylantirişni öylay boşlagandim.