O‘zbekiston | 20:27 / 18.10.2019
8777
6 daqiqa o‘qiladi

Suriya bo‘yicha sulh va uning buzilishi, Kataloniyada ish tashlashlar, yakkabog‘lik «qahramon»larga hukm va kunning boshqa xabarlari

Yakunlanib borayotgan 18 oktabr, juma kuni O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishtiramiz.

 

O‘ZBeKISTON XABARLARI

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy holat bilan tanishish, sanoat korxonalarini ko‘zdan kechirish, yangi loyihalarni belgilab berish maqsadida Surxondaryo viloyatiga bordi.

 

 ·       «Soha va tarmoqlarning hududiy rahbarlari «qotib qolgan» — Surxondaryoda prezident ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda

·       Surxondaryoda charm-poyabzal korxonalari tashkil etiladi.

·       Termizda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini boshladi

·       Surxondaryoda qiymati 144 million dollarlik sement zavodi ishga tushdi

 

Iqtisodiyot va moliya

 ·       O‘zbekistonning Raqobatbardoshlik indeksidagi o‘rni 2021 yildan boshlab aks ettirib borilishi kutilmoqda

·       Eski avtomobillar rasmiy dilerlik korxonalariga «TRADE-IN» dasturi bo‘yicha sotilganda bitimning notarial tasdiqlanishi talab etilmaydi

·       Moliya vazirligida aholi uchun arzon uy-joylarni qurish bo‘yicha xususiy qurilish tashkilotlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

·       Qozog‘iston guruchining O‘zbekistonga eksporti 34 barobarga oshdi

·       O‘zbekistonda bojsiz limit 25 dollarga tushirilishi mumkin: keskin cheklov ortidan keladigan 4ta muammo

·       Qandim gazni qayta ishlash majmuasi davlat tomonidan qabul qilib olindi

 

Jamiyat

 ·       Grant asosida kadrlar tayyorlash parametri OTM o‘rtasida tanlov o‘tkazish yo‘li bilan taqsimlanadi

·       Kontrakt asosidagi qabul parametrlari OTM tomonidan mustaqil belgilanadi

·       Mingbuloqdagi teshik ko‘priklar. Xalq qiynalayotganidan mutasaddilarning xabari bormi?

·       Aholini ro‘yxatga olish qanchaga tushadi?

·       Narxlar oshishiga nima ta'sir qilishi aytildi - MB so‘rovi

·       Yaqin qarindoshlar avtomobilni ishonchnomasiz boshqarishi talablari ma'lum qilindi

 

Dolzarb mavzular

 ·       Bahriddin Isamov va Mansur Tuymayevga nisbatan sud hukmi e'lon qilindi

·       Qum-shag‘alni noqonuniy qazib olganlik uchun jarima keskin oshirilishi kutilmoqda

·       Qonunchilik palatasi: Sud majlisi tomoshaxona emas

·       Rustambek Karim va To‘lqin Astanovga nisbatan sud hukmi e'lon qilindi

 

 

JAHON XABARLARI

·       AQSh va Turkiya Suriyadagi harbiy amaliyotni to‘xtatishga kelishib oldi. Suriyada yana o‘t ochildi, Erdo‘g‘an amaliyotni davom ettirish bilan tahdid qildi

·       AQSh senatorlari Turkiya va Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorladi

·       Britaniyaning Yevropa Ittifoqini tark etishi sanasi belgilab olindi 

·       Kataloniya yetakchisi mustaqillik bo‘yicha yangi referendum o‘tkazish zarurligini aytdi. Kataloniyada umummilliy ish tashlash boshlandi

·       Afg‘onistonda masjidda yuz bergan portlashlar natijasida 17 kishi halok bo‘ldi

·       Markaziy Osiyoda qashshoqlik darajasi pasayishda davom etmoqda, ammo pasayish sur'ati sekinlashmoqda

 

SPORT XABARLARI

·       Karate bo‘yicha O‘zbekiston kubogi vaqtida murabbiy va hakamlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

·       Fergyuson Chempionlar Ligasi o‘yinini sotganlikda ayblandi

·       «Real» va «Barselona» o‘rtasidagi mavsumning ilk «el-klasiko»si keyinroqqa qoldirildi

·       Dunyoning eng qimmatbaho sport brendlari ma'lum qilindi

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid