Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev sözining avvalida hududlardagi holatga tanqidiy baho berdi.
«Siyosatimizning mazmuni, maqsadi oddiy: mehnat qilsang, rohat körasan. Davlat şu mehnatga, emin-erkin işlaşga şaroit yaratib berişi şart. Şu maqsadda qarorlar qabul qilinyapti, yönalişlar belgilab berilyapti. Lekin quyi tizimda ularni bajaradigan saviyali rahbar kam. Hokim tayyorlaş maktabini yaratdikmi degan savolga ijobiy javob yöq. Soha va tarmoqlarning hududiy rahbarlari «qotib qolgan», - dedi prezident.
Davlat rahbari ösiş sur'atlari viloyatning haqiqiy salohiyati uçun hali yetarli emasligini ta'kidladi.
«Joriy yilda viloyatga uçinçi bor taşrif buyurişimizning sababi Surxondaryo misolida barça rahbarlarga hududlarning öziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olib, ularni jadal rivojlantiriş böyiça ustuvor yönalişlar va ösiş nuqtalarini aniqlaş hamda töliq işga solişni körsatib berişdir», - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Har bir vazir, soha va tarmoqlar rahbarlariga bu yil yakunigaça va kelgusi yilda Surxondaryo uçun nimalar qilişini aniq yozib, viloyat hokimligiga taqdimot qiliş böyiça topşiriq berildi.

















