Eski avtomobillar rasmiy dilerlik korxonalariga “TRADE-IN” dasturi bo‘yicha sotilganda bitimning notarial tasdiqlanishi talab etilmaydi

Foto: Shutterstock
Hukumatning qator qarorlariga “TRADE-IN” tushunchasi, ushbu dasturni qo‘llash tartibi va shartlarini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.
Prezidentning tegishli farmoniga asosan ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomobillarni topshirib, qiymati orasidagi farqni to‘lash orqali yangisini xarid qilish imkonini beruvchi “TRADE-IN” dasturi 2019 yil 1 oktyabrdan tatbiq etila boshladi.
Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram-kanalida yozilishicha, shunga ko‘ra, hukumatning qator qarorlariga “TRADE-IN” tushunchasi, ushbu dasturni qo‘llash tartibi va shartlarini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.
Xususan, avtomobillar fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan rasmiy dilerlik korxonalariga “TRADE-IN” dasturi bo‘yicha sotilganda bitimning notarial tasdiqlanishi talab etilmaydi.
Shuningdek, rasmiy diler mazkur dastur bo‘yicha ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomobilni sotib olganda, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hududiy DYHXX organlariga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar belgilab berildi.
Bunda, avtomobilni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishda DYHXX organlari tomonidan tegishli ma'lumotnoma beriladi, ushbu ma'lumotnoma avtomobilni boshqarish huquqini bermaydi, shuningdek vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25 / 14.06.2025
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33 / 14.06.2025
Mavzuga oid

18:16 / 09.11.2021
Xitoydagi ko‘rgazmada usti brilliant bilan qoplangan Porsche avtomobili namoyish etildi

17:00 / 08.06.2020
Eski avtomobilingizni «NURAFSHON AVTOCENTR»da yangisiga almashtiring va bepul tonirovkaga ega bo‘ling!

17:00 / 04.06.2020
Eski avtomobilingizni «NURAFSHON AVTOCENTR»da yangisiga almashtiring va bepul tonirovkaga ega bo‘ling!

17:00 / 15.05.2020