Kataloniyada umummilliy iş taşlaş boşlandi: qator trassalar yopildi, mitinglar bölib ötmoqda, Barselona aeroportida ellikdan ortiq reys bekor qilindi.

Iş taşlaş CSC va Kataloniya uçun tanlov kasaba uyuşmalari tomonidan taşkil etilgan bölib, bunga Ispaniya oliy sudining ön ikki nafar siyosatçiga çiqargan hukmi sabab böldi. 

Ayni paytda norozilik aksiyalari, mitinglar va “Mustaqillik uçun marş” harakati bois qator trassalar, jumladan Andorraga olib boruvçi yagona yöl yopib qöyilgan.

Barselonaning El-Prat aeroportida 55ta reys bekor qilindi.

Taşkilotçilar siyosiy talablardan taşqari, mehnat islohotini bekor qiliş, minimal iş haqi miqdorini oşiriş kabi talablarni ilgari surmoqda.

Bu Kataloniyadagi keyingi ikki yil içidagi törtinçi umummilliy iş taşlaşdir.

Eslatib ötamiz, ötgan haftada Ispaniya oliy sudi 12 nafar kataloniyalik siyosatçini aybdor deb topdi. Ulardan töqqiz nafari isyon kötarişga aloqadorlikda ayblanib 9 yildan 13 yilgaça ozodlikdan mahrum qilindi. Buning ortidan Kataloniyada norozilik namoyişlari boşlanib ketdi. Muxtoriyat mustaqilligi tarafdorlari Barselona, Tarragona, Jirona va boşqa şaharlar köçalariga çiqişdi.