Bugun, 18 oktabr kuni, jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida sudlanuvçilar Rustambek Karimov va Tölqin Astanovga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov Kun.uz’ga xabar berdi.

Mazkur jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi sudyasi Orif Qiliçev raisligida körib çiqildi.

E'lon qilingan sud hukmiga köra, Rustambek Karimov (1975 yilda Toşkent şahrida şahrida tuğilgan, millati - özbek, Özbekiston Respublikasi fuqarosi, ma'lumoti – örta, muqaddam sudlangan, vaqtinça işsiz) Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 1-qismi bilan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanib, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazoy tayinlaş) 8-qismi tartibida jinoyat işlari böyiça Sergeli tuman sudining 2019 yil 16 maydagi hukmi bilan tayinlangan jazoning ötalmagan qismini qisman qöşiş yöli bilan uzil-kesil ötaş uçun 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil koloniyalarda ötaş belgilandi.

Tölqin Astanov (1971 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, millati - özbek, Özbekiston Respublikasi fuqarosi, ma'lumoti – örta-maxsus, muqaddam sudlanmagan, vaqtinça işsiz) Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) 3-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanib, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 72-moddasi (şartli hukm qiliş) tartibida, tayinlangan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi şartli deb hisoblanib, 2 yil sinov muddati belgilandi. Sinov muddati hukm çiqarilgan kundan boşlab hisoblanişi körsatildi.

Mazkur jinoiy iş böyiça sudga raislik qiluvçi tomonidan sudlanuvçilarga va boşqa tomonlarga hukm ustidan şikoyat qiliş tartibi va muddati tuşuntirilgan.