«Turkiya YPG [kurdlarning Xalq mudofaasi otryadlari] kuçlari xavfsizlik hududiga 120 soat içida çiqişi uçun öt oçişni töxtatadi. «Tinçlik buloği» doirasidagi barça harbiy amaliyotlar YPG kuçlari olib ketilgandan keyin töxtatiladi», deb aytgan Pens. 

Uning ta'kidlaşiça, tomonlar AQŞ kurd otryadlarining olib ketilişida kömak körsatişiga kelişib olgan.

Kurd otryadlari taşqarisiga olib çiqiladigan demarkatsiya çiziği Suriyaning Turkiya bilan çegarasidan 30 km janubdan ötadi. Vaşington kurdlardan Turkiya çegarasidan uyuşgan holda ketişlari kafolatini olgan.

Pens, şuningdek, AQŞ Suriya şimolida harbiy harakatlar olib bormoqçimasligi va diplomatiya bilan çeklanmoqçiligini ta'kidlab ötgan.

«Prezident harbiylarimiz u yerda bölmasligini aytdi. Biz uşbu vaziyatda harbiy tomondan iştirok etmaymiz», deb qöşimça qilgan AQŞ vitse-prezidenti.

U, şuningdek, AQŞ Turkiyaga Suriya tufayli qöşimça sanksiyalar kiritişni rejalaştirmayotganiga va'da bergan hamda Tramp Turkiya Suriyada öt oçişni töxtatişi bilan Anqaraga qarşi kiritilgan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilişga tayyorligini ta'kidlab ötgan.

Keyinroq Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çovuşöğli Anqara AQŞdan «istagan narsasini olgani»ni aytgan, çunki kurdlar közda tutilgan hududni tark etadi. Çovuşöğlining aytişiça, kurdlar olib ketilgandan keyin Turkiyaning Suriyadagi amaliyoti yakunlangani haqida gapiriş mumkin böladi.

Turkiya «olov bilan öynaşmoqda». AQŞ Suriyada yana uruş boşlaşga rozilik berdimi?Turkiyaning Suriyadagi operatsiyasi: kurdlar IŞID jangarilari saqlanayotgan qamoqxonalarni qöriqlamoqçi emasSuriya mojarosi: Damaşq va kurdlar kelişuvi buriliş nuqtasi böladimi?

Bundan avvalroq Tramp tvitterida Turkiyadan «ajoyib yangilik» kelgani haqida yozgandi.

«Erdöğanga rahmat. Millionlab kişilarning hayoti saqlab qolindi», degan u.