Uşbu haftada Barselonada boşlangan noroziliklar 26 oktyabrga belgilangan mavsumdagi ilk "el-klasiko" - "Real" va "Barselona" örtasidagi uçraşuv ötkazilişini söroq ostida qoldirdi. Öyin keyinroqqa surildi, deb xabar berdi BBC News.

La Liga qaroriga köra, klublarga uçraşuv muddatini kelişiş uçun 21 oktyabrga qadar vaqt berildi. Agarda klublar kelişa olmasa, uçraşuv muddatini çempionat taşkiliy qömitasi belgilaydi, deb yozadi Marca naşri.

17 oktabr kuni har ikki klub vakillari uçraşuvni 19 dkabrda ötkazişni taklif qildi. Ammo bunga La Liga qarşi çiqdi va matçni teletranslatsiyalar jadvalidan kelib çiqib 7 dekabrda ötkazişni taklif qildi. Buning uçun "Barselona"-"Mayorka" va "Real"-"Espanol" uçraşuvlarini köçirişga töğri keladi. Bundan taşqari, "Barselona" boş murabbiyi öyin Madridda ötkazilişiga qarşi ekanligini aytdi.

Öninçi tur oldidan "Real" turnir jadvalida 18 oçko bilan birinçi örinda, "Barselona" esa 16 oçko bilan ikkinçi örinda joylaşgan.