«Turklarning Ras al-Ayn şahri yaqinidagi Umm al-Xayr qişloğiga aviazarba berişi oqibatida tinç aholi vakillari bölgan beş kişi halok böldi», deyiladi Ikhbariya xabarida.

Xabarda aytilişiça, hujum oqibatida yana 20 kişi jarohatlangan. 

Kurdlar vakili ham Turkiya tomonidan kelişuv buzilgani haqida ma'lum qilgan. Kurdlarning bildirişiça, halok bölganlar – arab va kurdlarning Suriya demokratik kuçlari (SDF) jangçilari, jarohatlanganlar orasida tinç aholi vakillari ham bor.

Bu xabarlar ortidan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan kurdlar çegara hududidan uzoqqa olib ketilmas ekan, Anqara harbiy amaliyotni davom ettirişini ma'lum qildi.

«Agar AQŞ seşanba oqşomigaça va'dasini bajarsa, xavfsiz hudud masalasi hal böladi. Aks holda amaliyot töxtagan joyidan davom ettiriladi», dedi Istanbulda çiqiş qilgan Erdöğan.

17 oktabr kuni Erdöğan va AQŞ vitse-prezidenti Mayk Pens 120 soat içida turklarning Suriyadagi harbiy amaliyotini töxtatiş böyiça kelişuvga erişgandi. Kelişuvga köra, kurd harbiylari Suriyaning Turkiya bilan çegara çiziğidan 30 km içkariga olib ketilişi közda tutilgan. AQŞ bu şart bajarilişini öz zimmasiga olgan. Pens AQŞ harbiylari bu hududga qaytarilmasligini qöşimça qilgan.

«Tinçlik buloği» amaliyoti

Turkiyalik harbiylar 9 oktabr kuni Suriya çegarasini kesib ötib, kurdlarga qarşi harbiy harakatlar boşlagandi. Ular AQŞ prezidenti Suriya şimolidagi amerikalik harbiylar olib ketilişini e'lon qilganidan söng «Tinçlik buloği» nomli amaliyot boşlaşga qaror qilişgandi.

Rasmiy Anqara kurd harbiy bölinmalarini Turkiyaning janubiy çegaralaridan uzoqroqqa surib taşlab, çegara hududida suriyalik qoçqinlar uçun «xavfsiz hudud» barpo etişni rejalaştirgandi.

Bu amaliyotni tanqid qiluvçilar, bu amaliyot birinçi navbatda kurdlarga qarşi etnik genotsidga aylanib ketişi mumkinligidan xavotir olişgandi. Şuningdek, kurdlar nazorat qilayotgan qamoqxona va lagerlardan IŞIDning minglab sobiq jangarilari qoçib ketişi xavfi tuğildi.

Harbiy harakatlar boşlangaç, ön minglab odamlar öz boşpanalarini tark etişdi.