O‘zbekiston | 17:10 / 18.10.2019
11317
2 daqiqa o‘qiladi

Termizda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini boshladi

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida islom dini, jumladan, hadis ilmi, Iso Termiziy hamda termiziy allomalar merosi chuqur o‘rganiladi.

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida prezident qarori asosida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qurib bitkazilib, o‘z faoliyatini boshladi.

«Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ikki yil muqaddam Sherobod tumanidagi Iso Termiziy maqbarasi obod qilingan edi. 2017 yil 14 fevralda davlatimiz rahbarining Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida qarori qabul qilindi.  

Mazkur qaror asosida Termiz shahrida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qurildi. Unda islom dini, jumladan, hadis ilmi, Iso Termiziy hamda termiziy allomalar merosi chuqur o‘rganiladi. Diniy ta'lim, ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlarida foydalanishga qaratilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, ommabop nashrlar, ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlanadi. 

Davlatimiz rahbari markazga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Buyuk muhaddis Imom Termiziy hayoti va asarlarini chuqur o‘rganish, yosh avlodga yetkazish, xalqimizga tushunarli tilda kitoblar chop etish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Bu yerda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun munosib sharoitlar yaratish, olimlarning xalqaro ilmiy konferensiyalarda ishtirokini kengaytirish zarurligi ta'kidlandi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid