Wyndham mehmonxonasida WINIRON motor moylarining taqdimot marosimi bölib ötdi. Ta'kidlaş örinliki, uşbu motor moylari Özbekistonda 2017 yildan Winiron Oil Industry özbek-koreys qöşma korxonasi tomonidan işlab çiqilmoqda.


2016 yilda J.Koreyaning Pefko kompaniyasi bilan qöşma korxona taşkil etiş böyiça muzokaralar boşlangan bölsa, qisqa muddat içida, ya'ni 2017 yilda
Winiron Oil Industry qöşma korxonasi tomonidan içki bozorga Özbekiston va Janubiy Koreya mutaxassislari tomonidan birgalikda işlab çiqarilgan mahsulotlar - WINIRON motor moylari va yuqori sifatli moylaş materiallari taqdim etildi. Qöşma korxona WINIRON moylarini uçta tasnifda işlab çiqarişni yölga qöydi. Bular motor moylari, transmissiya moylari, sanoat moylari.


Ta'kidlaş örinliki, mahsulot tarkibini 60 foizgaça mahalliylaştiriş evaziga uning tannarxi 20 foizga arzonlaşişga erişildi. Şu bilan birga, 100dan ortiq mahalliy yoşlar iş bilan ta'minlandi.
Bundan taşqari, har qanday transport vositasi uçun zarur böladigan turli xil filtrlarni işlab çiqariş ham yölga qöyildi. Bozorlarda öz örniga va xaridoriga ega bölib ulgurgan mahsulotlar Wulsgen Filter brendi ostida işlab çiqilmoqda. Siz avtomobilingiz uçun salon, yoqilği, havo, salon-havo filtrlarining zarurini xarid qilişingiz mumkin.











