Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari matbuot xizmati Qozoğiston bilan çegaraning şu qismida transport vositalari töplanib qolgani holati yuzasidan izoh berdi.
«Qozoğistonning «Tajyen» çegara bojxona postida («Dovud ota» çegara bojxona posti qarşisida) uç kun mobaynida yuzaga kelgan texnik kamçiliklar tufayli, haydovçilardan Özbekiston va Qozoğiston çegarasini kesib ötişda boşqa yönalişni tanlaşni söraymiz.
Umid qilamizki, qozoğistonlik hamkasblarimiz yaqin vaqtlar içida uşbu texnik nosozlikni bartaraf etişadi», deyiladi DXX Çegara qöşinlari matbuot xizmati tomonidan Kun.uz’ga berilgan xabarda.
Oktabr oyi boşida ijtimoiy tarmoqlarda Qozoğistonning «Tajyen» çegara bojxona postidan Qoraqalpoğiston Respublikasi «Dovud ota» çegara bojxona postiga kirişda önlab «fura»lar tirbandlik sababli navbatda turib qolayotgani töğrisida xabarlar tarqalgandi. Davlat bojxona qömitasi uşbu xabarlarga munosabat bildirib, bu tirbandliklarga bojxona çegarasi orqali harakatlanayotgan avtotransport vositalari oqimi keskin oşgani bilan izohlagandi.
Bundan avvalroq Davlat bojxona qömitasi Qozoğiston Respublikasining Özbekiston Respublikasi bilan çegarada joylaşgan «B.Konisbayev» çegara ötkaziş punktida qayta quriş va kengaytiriş işlari olib borilişi munosabati bilan «Yallama» posti orqali jismoniy şaxslar va ayrim turdagi transport vositalarining harakati vaqtinça çeklanişi haqida ma'lum qilgandi.








