Ma'lumki, hukumatimiz tomonidan asalariçilik sohasini moliyaviy jihatdan qöllab-quvvatlaş, sohaga ilğor tajribalarni tatbiq yetiş, sohaning eksport salohiyatini oşiriş hamda asalariçilarning loyihalarini moliyalaştiriş böyiça AT “Aloqabank” mazkur sohaga mas'ul bank etib tayinlangan.

Şuningdek, asalariçilik tarmoğini boşqariş tizimini tubdan takomillaştiriş, tarmoqda naslçilik işlarini ilmiy asosda taşkil etiş, asal mahsulotlari işlab çiqariş hajmi va turlarini yanada köpaytiriş, asalni qayta işlaş böyiça zamonaviy texnologiyalarni respublikamizning barça hududlarida tatbiq etiş maqsadida “Özbekiston asalariçilari” uyuşmasi taşkil etilgan.

Sönggi yillarda AT “Aloqabank” va “Özbekiston asalariçilari” uyuşmasi tomonidan sohani rivojlantiriş borasida salmoqli işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, joriy yilning 5-10-oktabr kunlari Doğiston Respublikasida “Xalqaro asalariçilar forumi 2019” bölib ötdi. Mazkur forum Kaspiy dengizi sohilida joylaşgan “Lezzet” sanatoriyasida taşkillaştirildi.

Rossiya Federatsiyasining 17 ta hududi va boşqa 7 ta davlatlar qatorida Özbekiston delegatsiyasi ham uşbu forumda öz mahsulotlari bilan iştirok etdi.

Forumdan közlangan asosiy maqsad asalariçilik sohasini yanada rivojlantiriş, mamlakatlar örtasida mazkur soha böyiça bilim va tajribalar almaşiş hamda asalariçilikda yuzaga kelayotgan turli xil kasalliklarning oldini olişga qaratildi. Bundan taşqari butun dunyo böylab asalarilarning xavfsizligini ta'minlaş masalasiga ham alohida e'tibor berildi.

Umumiy hisobda forumda 500 dan ortiq iştirokçilar qatnaşişdi. Forum yakunida iştirokçilar turli nominatsiyalar böyiça diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlanişdi. Quvonarlisi, Özbekiston delegatsiyasi birinçi marotaba iştirok etişiga qaramasdan “Mavsumning eng yaxşi asali 2019” nominatsiyasida faxrli 3-örinni egalladi. Şuningdek, hamyurtlarimiz asalari paketini yetkazib beriş böyiça umumiy miqdori 1 400 000 AQŞ dollariga teng bölgan şartnoma imzolaşga ham muvaffaq bölişdi.

Asalariçilarimiz kelajakda şu kabi forumlarda qatnaşib, bundan ham yaxşi natijalarga erişişlariga umid qilamiz.

Reklama huquqi asosida