Pensiya tayinlaş uçun taqdim etiladigan hujjatlar soddalaştirildi. Bu haqda Pensiya jamğarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilning 21 oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti tizimi yanada takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida” 889-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlaş va tölaş tartibi töğrisidagi nizomga ham tegişli özgartirişlar kiritildi.
Jumladan, endilikda fuqarolar pensiya oliş huquqi paydo bölganidan söng pensiya tayinlaşni sörab Pensiya jamğarmasining tuman (şahar) bölimlariga ariza bilan murojaat qilganda, ulardan jamğarib boriladigan pensiya daftarçasini talab etiş bekor qilindi.
Şuningdek, qarorga muvofiq boquvçisini yöqotganlik pensiyasini tayinlaşni sörab murojaat qilganda boquvçining vafot etganligi töğrisidagi guvohnomaning asli örniga uning nusxasini taqdim etiş huquqi joriy etildi.
Bildirilişiça, uşbu özgartirişlar pensiya tayinlaşda fuqarolarning ortiqça ovoragarçiligini oldini oliş bilan birga, ortiqça qoğozbozlikni ham oldini oladi.








