Xitoyning yaqinginada öz taqdimot marosimini ötkazib, birinçi rasmiy dökonini işga tuşirgan Fangshun Engineering MÇJ xorijiy korxonasi – özining Feima brendi ostida elektromopedlari bilan barça sohalarni qamrab olişga harakat qilmoqda.

2019 yil 25 oktabr Içki işlar idoralari xodimlari kuni. Xalqimizning tinç va farovon hayot keçirişini ta'minlaşda, jinoyatçilik va boşqa huquqbuzarliklarga qarşi kuraşişda, jamoat tartibini saqlaşda içki işlar idoralari xodimlarining xizmatlari alohidadir. Şu munosabat bilan Toşkent şahrida köplab bayram tantanalari taşkil etildi.

Bayram munosabati bilan taşkil etilgan marosimlardan biriga Fangshun Engineering MÇJ xorijiy korxonasi vakillari ham taşrif buyurdi. Korxona direktori Peng Tao marosimda sözga çiqib barçani uşbu bayram bilan tabrikladi. U Toşkent şahar Yakkasaroy tumani içki işlar bölimida faoliyat yuritayotgan yilning eng yaxşi xodimi – Bahodir Bardiyevga tantanali ravişda maxsus jihozlangan elektromopedlardan birini sovğa sifatida topşirdi.

Içki işlar idoralari xodimlariga sovğa sifatida topşirilgan elektromoped namunasi FM-EAGLE (S) deb nomlanadi. U 1200 Vt kuçlanişli motor bilan jihozlangan bölib, soatiga 70 km tezlik bilan harakatlana oladi. Tubsiz şinalarga (3.0-8.0) ega elektromoped ölçamlari ixçam 1800×1100×980 mm. dir.