Koronavirus tufayli karantin kunlarida xayriya işlari har qaçongidan kengroq kölamda olib borilmoqda. Davlat, xalqimiz, tadbirkorlar – umuman saxovat egalari birlaşib, muhtojlarning bu murakkab sinovdan ötişlari uçun tirgak bölişyapti.
Özbekistonda faoliyat yuritayotgan va xorijiy davlatlarda ham maşhur bölayotgan brendlar bu jarayonga öz hissalarini qöşayotganlari juda quvonarli. Sababi, bu ezgu harakat ularning mamlakatimizga faqat biznes yuritiş va daromad oliş maqsadida kirmaganliklari, murakkab kunlarda ham biz bilan hamjihat ekanliklarining öziga xos ramzidir.




«Fangshun Engineering» XK MÇJ taşkiloti tomonidan FEIMA brendi ostida işlab çiqariluvçi elektromopedlar mijozlarga yaxşi taniş. Taşkilot bugungi kunda xayriya aksiyalariga boş qöşib, bu jarayonlarni amalga oşiruvçi Yagona muvofiqlaştiriş markaziga 432 qutida «Kippers» tagliklari va 420 ta qutida bolalar ozuqasi yetkazib berdi.
Bu mahsulotlar yoş bolali oilalarga sinovli kunlarda asqotişi, köpçilik xonadonlarning zaruratini qondirişi şubhasiz.
Xayrli işlar izsiz yöqolmaydi, ular yordam kutayotganlar uçun umid uçqunidir.



Yordam körsatayotgan har bir taşkilot kabi «Fangshun Engineering» XK ham sinovlarni boşdan keçirayotganlarga nafaqat moddiy kömak, balki işonç va şodlik ulaşa olgani quvonarli.
Saxiy taşkilotlar safi kengayaversin!










