Benzin narxi ko‘tariladi...yo‘lkira oshadi...taksi xizmati qimmatlaydi!

Endi bu kabi o‘y-fikrlar yoki xabarlar sizni bezovta qilmasligiga asos bor. Chunki, Toshkent shahrida FEIMA elektromopedlari sotuvi yo‘lga qo‘yildi.

Xitoyning Fangshun Engineering MChJ xorijiy korxonasi FEIMA elektromopedlari bilan O‘zbekiston bozoriga kirib keldi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali taqdimot marosimida bir necha maxsus jihozlangan elektromopedlar O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga beg‘araz hadya etildi.

Bundan tashqari, taqdimot marosimida pochta xizmati mutasaddilari FEIMA elektromopedlariga qiziqish bildirib, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilishdi.

To‘liq quvvatlanish uchun 4-8 soat talab etiladigan ushbu elektrmopedlar 30-150 km/soat tezlikda harakatlanishi barobarida uzog‘ingizni yaqin qiladi. Shu bilan birga mablag‘ingiz ham tejaladi. Qolaversa, bugungi kunda insoniyatning asosiy muammosiga aylangan ekologiya va atrof-muhitni toza saqlashga sezilarli hissasini qo‘shishi shubhasiz.