Orol – 50 yil avval ham dunyoning quruqlikdagi eng yirik törtinçi dengizi edi. Afsuski, dengizning qurib borişi va uning oqibatlari bugunga kelib dunyoning eng oğriqli ekologik fojialaridan biriga aylangan.

Böşab qolgan dengiz örnidan kötarilayotgan zaharli tuzlar, qum va çang-tözon insonlar salomatligi, ösimlik va hayvonot dunyosiga jiddiy xavf tuğdirmoqda.

Özbekiston hukumati Orolböyi fojiasi oqibatlarini bartaraf etiş, hudud atrofida bioxilma-xillikni ta'minlaş uçun bir qança işlarni amalga oşirmoqda. Jumladan, hozirda Orol dengizining qurigan qismida saksovulzorlar barpo etilmoqda. Şuningdek, Orol muammosiga yirik xalqaro taşkilotlar e'tiborini qaratgan holda, hududga köproq investitsiya jalb qilişga intilmoqda.

Kun.uz Orol dengizi fojialari va uni bartaraf etiş borasida qilinayotgan işlar qay darajada samara berayotgani yuzasidan Özbekiston Ekologik partiyasi rahbari Boriy Alixonov bilan suhbat taşkil qildi.

Orolning termoregulyator funksiyasi umuman teskarisiga işlayapti

Xöş, Orol dengizini körmagan, u haqda faqat arxiv teledasturlar va boşqa ma'lumotlar orqali eşitgan hozirgi yoşlar avlodi uçun uni qanday tasvirlaş mumkin, uni yöqotişning dahşatlari nimalarda körinadi?

Boriy Alixonovdan şu haqda fikrlarini söradik.

Boriy Alixonov

- Bundan 50 yil avval ham Orol dengizida örta hisobda 1082 kub km. hajmda suv bor edi, maydoni esa 68 ming kv.km.ga teng edi. Şuningdek, har yili Orolga 55-58 kub km. suv quyilardi. Buning 2\3 qismi Amudaryo va 1 qismi Sirdaryodan quyilardi.

Oroldagi holat mö'tadil paytlarda suv tarkibidagi tuz miqdori 11-12 gr litrni taşkil qilardi. Bu degani Orol hududidagi rivojlanişga eng mö'tadil şaroit yaratilgandi.

Xöş, hozir qanday ahvolga tuşib qoldik? Hozir bu maydon 10, suv hajmi esa 15 barobarga kamayib ketgan. Orolning sathi 29 metrga tuşib ketdi. Bu örta hisobda 10 qavatli uyning balandligiga töğri keladi.