29 oktabr kuni Kun.uz’da «Maşinalar bu yerdan oynalarini yopib ötadi» — Qöştepada aholi zaharli tutun içida yaşamoqda sarlavhali material e'lon qilingandi. Davlat ekologiya qömitasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Viloyat «Toza hudud» DUK Farğona şahar filialiga qaraşli bölgan, Farğona tumani «Satkak» qişloği hududidagi markaziy çiqindixonaning umumiy maydoni 72 gektardan iborat. Aholi yaşaş hududidan 1,5 km uzoqlikda joylaşgan. Kiriş eşigi örnatilgan va çiqindixonaning old tomoni beton devor bilan töliq öralgan. 

Markaziy çiqindixonada 6 nafar xodim (3 nafar qorovul, 1 nafar nazoratçi, 1 nafar buldozer haydovçisi, 1 işçi) faoliyat körsatib, olib kelingan çiqindilarni tartibga keltiriş va tegişli tartibda rekultivatsiya qiliş işlarini doimiy olib boriş uçun 1 dona buldozer maxsus texnikasi biriktirilgan. 

Markaziy çiqindixonaga 40 yil davomida Farğona şahridan çiqqan 1,6 mln tonna maişiy çiqindi olib kelingan bölib, ular hajmining ortişi va çiqindining tabiiy çirişi natijasida ulardan ajralib çiqayotgan gazlar kunning issiq paytida tabiiy alanga olib yoniş holatlari yuzaga kelmoqda.

Uzoq yillar davomida yiğilib qolgan katta hajmdagi çiqindilarni olib çiqib ketişning amaliy imkoniyati mavjud emasligi sababli Davlat ekologiya qömitasi tomonidan çiqindi poligonini yopiş, rekultivatsiya qiliş va çiqindi gazidan elektr energiyasini oliş loyihasi uçun xorijiy investorlarni jalb qiliş işlari amalga oşirilmoqda.

Salbiy holatlar sodir bölişining oldini oliş maqsadida, Özbekiston Respublikasi prezidentining «2019–2028 yillar davrida Özbekiston Respublikasida qattiq maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş strategiyasini tasdiqlaş töğrisida» 2019 yil 17 apreldagi 4291-sonli qarori qabul qilingandi.

Strategiyaga asosan, hududlarda mavjud 221ta maişiy çiqindi poligonini maqbullaştiriş va 59ta mavjud poligonlarni zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qiliş tadbirlarini amalga oşiriş uçun dastlabki hisob-kitoblarga köra 1 mlrd AQŞ dollari talab etilmoqda.

Uşbu tadbirlarni amalga oşiriş uçun talab etiladigan mablağlar investitsiya va xorijiy moliya institutlarining kredit va grant, davlat budjeti hamda Davlat ekologiya qömitasining fond mablağlarini jalb qiliş evaziga amalga oşirilişi közda tutilgan.

Şu bilan birga, bugungi kunda uşbu çiqindi poligonini örnatilgan me'yor va talablar asosida saqlaş hamda yuqoridagi aniqlangan holatlarni bartaraf etiş böyiça viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi hamda viloyat «Toza hudud» DUK tomonidan tezkor çora-tadbirlar amalga oşirildi.