3-5 noyabrda Özbekiston hududiga Ğarbiy Qozoğiston orqali Ural tumanlari (Yekaterinburg) ustida şakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi. Bu haqda «Özgidromet» xabar beryapti.
3 noyabrda Qoraqalpoğiston va Xorazm viloyatida ayrim joylarga yomğir yoğadi. 4 noyabrda respublika böyiça yomğir, ayrim joylarda kuçli yomğir yoğadi. Qoraqalpoğiston va Xorazm viloyatida yoğingarçilik bölmaydi.
Şamolning tezligi kuçayib, sekundiga 18-23 metrgaça, şiddat bilan esganda sekundiga 25-28 metrgaça yetişi kutilmoqda.
4-5 noyabrda respublika böyiça havo harorati keçasi 0-5 daraja iliqqaça tuşib ketadi, ayrim joylarda 1-2 daraja sovuq bilan ayoz kuzatilişi mumkin, kunduzi harorati 8-13 darajagaça iliq, mamlakat şimolida harorat keçasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqaça, kunduzi 3-8 darajagaça iliydi.











