2020 yilda foyda soliği stavkasi oşirilişi kutilmoqda. Bu haqda «Fuqarolar uçun budjet 2020» loyihasida aytilgan.

Hozirgi kunda stavka 12 foizni taşkil etadi, kelasi yildan esa uni 15 foizgaça kötariş möljallanmoqda. Tijorat banklari uçun soliq stavkalari hamda sement (klinker) va polietilen granulalar işlab çiqarişni amalga oşiruvçi, şuningdek, asosiy faoliyat turi mobil aloqa xizmatlari körsatişdan iborat bölgan yuridik şaxslar uçun soliq stavkalari 20 foiz miqdorida saqlab qolinmoqda.

Budjet loyihasi aytilişiça, Belarusda foyda soliği stavkasi 18 foizni taşkil etadi. Qozoğistonda - 20 foiz, Rossiyada - 20 foiz, Tojikistonda - 23 foiz, Qirğizistonda - 10 foiz, Gruziyada - 15 foiz.

Investor foydasiga umumiy soliq yuki esa Belarusda - 28,7 foiz, Gruziyada - 19,3 foiz, Qozoğistonda - 24 foiz, Qirğizistonda - 10 foiz, Rossiyada - 30,4 foiz, Tojikistonda - 32,2 foiz, Özbekistonda (2019 yil) - 16,4 foiz va 2020 yilda - 19,3 foiz.