Özbekistonda AKT yönalişida masofaviy universitet taşkil etilişi mumkin. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi ayni paytda Oliy ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasiga şu haqda taklif tayyorlamoqda. Bu haqda AKT vaziri örinbosari Qahramon Yöldoşev ma'lum qildi.

«AKT sohasida ta'limni rivojlantiriş yönalişida ham hozirgi kunda taklif işlab çiqyapmiz. Har bir sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kirib borişi bilan IT yönalişidagi mutaxassislarga talab oşib borayotgani munosabati bilan Oliy ta'lim vazirligi bilan kelişilgan holda On-line, ya'ni masofaviy universitet taşkil etiş borasida hozirgi kunda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan takliflarni işlab çiqyapmiz», deya Qahramon Yöldoşevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Vazir örinbosarining qöşimça qilişiça, axborot-kommunikatsiya texnologiyalar sohasidagi yetakçi xorijiy oliy ta'lim muassasalarining ta'lim dasturlarini tatbiq etiş, professor-öqituvçilarini jalb qiliş hamda talabalar almaşinuvini jadallaştiriş ustida ham iş olib borilmoqda. Xususan, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) tomonidan köpgina davlatlar bilan universitetlararo bitim imzolanmoqda.

«Yil yakunida Yaponiyaga taşrif közda tutilyapti. Taşrif doirasida ham TATU bilan Yaponiyadagi profil universitetlar örtasida yaqin hamkorlik örnatiş böyiça muzokara olib borilmoqda», deydi vazir örinbosari.