Qahramon Yöldoşev qişloq xöjaligi vazirining agrar sohani jadal raqamlaştiriş, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etiş masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu ma'lumotni Kun.uz'ga vazirlik matbuot xizmati tasdiqladi.
Uşbu lavozim 24 fevral kuni prezident qarori bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirining agrar sohani raqamlaştiriş masalalari böyiça örinbosari va unga böysunuvçi markaziy apparatdagi 16 ta ştat birliklarini qisqartiriş hisobiga joriy etilgan edi.
Qahramon Yöldoşev 1972 yilda Toşkentda tuğilgan. 2007 yilda Toşkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi böyiça telekommunikatsiya muhandisi.
2001–2013 yillar davomida «Özbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasida, 2013–2018 yillarda Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2018 yildan buyon Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirining agrar sohasini raqamlaştiriş masalalari böyiça örinbosari vazifasida işlab kelayotgandi.
Bundan avvalroq Özbekiston qişloq xöjaligi vazirining örinbosari – Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi boş direktori lavozimiga Alişer Törayev tayinlangani haqida xabar qilingandi.








