Kun.uz muxbiri 4 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bölib ötgan matbuot anjumanida ayni paytda ijtimoiy obektlarning neça foizi keng polosali internet bilan ta'minlangani böyiça savol berdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri örinbosari Qahramon Yöldoşevning ta'kidlaşiça, 2019 yilning 9 oyida 9 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurilib, ularning uzunligi 35,6 ming km.ga yetkazilgan.

«Buning natijasida jami maktablarning 31 foizi, maktabgaça ta'lim muassasalarining 29 foizi, tibbiyot muassasalarining 27 foizi optik tolali aloqa liniyalari bilan qamrab olingan», deya Qahramon Yöldoşevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Şu bilan birga, AKT vazirligi mutasaddilari 201ta davlat xizmatlari markazi, 544ta sud binolari ham optik tolali internetga ulangani, bugungi kunda keng polosali texnologiyalar asosida internet xizmatlaridan foydalanayotgan abonentlar soni 1,2 mln nafarga yetkazilgani bildirildi.

Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov yaqinda Moskvada bölib ötgan «Oçiq innovatsiyalar-2019» forumida 2020 yil oxirigaça mamlakatdagi barça maktablar, maktabgaça ta'lim muassasalari va tibbiyot muassasalari, ya'ni 20 mingdan ortiq ijtimoiy obektlar optik tolali aloqaga asoslangan keng polosali internet bilan qamrab olinişi haqida ma'lum qilgan edi.