Andijon viloyat IIBga çaqirilgan 20 yoşli yigit uyiga qaytib kelmagan. U hozir qayerda?
|04:06 / 07.11.2019131 1809 min
2 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Abdulloh qayerda?» sarlavhasi ostidagi post tarqaldi. Unda Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida yaşovçi fuqaro Dilmurod Tohirovning 20 yaşar öğli Abdullohni IIB xodimlari olib ketib, bir haftadan buyon daragini bermayotganiga oid fikrlar bayon etilgan.
Kun.uz mazkur holatga aniqlik kiritiş maqsadida yöqolib qolgan yigitning otasi, oila yollagan advokat va viloyat IIB rasmiysi bilan suhbatlaşdi.
Ota: «Farzandim hozir qanday ahvolda, bilmayman»
Tahririyatga kelgan andijonlik Dilmurod Tohirovning aytişiça, öğli Abdulloh Tohirovni oila a'zolari 26 oktyabrdan buyon körişmagan. Hatto farzandining ayni paytdagi ahvoli va qayerdaligi ham ularga oşkor etilmayapti. Bu esa qarindoş-uruğlar, mahalla-köyni vahimaga solgan.
«Jalaquduq tumanining «Yuqori çigitr» mahallasida yaşaymiz. Dehqonçilik bilan şuğullanib, tirikçilik qilamiz. Öğlim Abdulloh bu yil 20 yoşga töldi. 2018 yil noyabrida mahalladagi taniş-bilişlar bilan birga Rossiyaga işlagani ketib, şu yil may oyida qaytib keldi. Şu kungaça öğlimning ortidan biror yomon gap eşitmaganman. Uning xatti-harakati hamişa nazoratimda bölgan.
Joriy yil 26 oktabr kuni ertalab soat çamasi 7:00larda öğlim Qörğontepa hududida Andijon-Qörğontepa yönalişidagi katta köçada yöl-transport hodisasi sodir etadi. U qarindoşimizning «Lacetti» rusumli avtomobilini işonçnoma asosida boşqarib yurgandi. Hodisa yuz bergaç, Abdulloh toğasi Islombekka telefon qilib, yuz bergan hodisa haqida ma'lum qiladi. Köngilsiz voqea sodir etilişida öğlim aybdorligi bois toğasi Islombek «Nexia-2»ga yetkazilgan zararni qoplab, şikastlangan joylarini ta'mirlatib berişini aytadi.
Boğişamol dahasidagi eski maşina bozorga yaqin joydagi ustaxonada «Nexia-2»ning orqa bagaji oçiqligi uçun uning içiga ham bir nazar soldim va u yerda «VSF» kategoriyadagi davlat raqam belgisi borligiga közim tuşdi. Avtomaşinani ta'mirlaş uçun zarur bölgan ehtiyot qismlari va mablağni ustaxonaga taşlab, uyga qaytdik.
Endigina yölga çiqqan paytimiz ukam Elmurod qönğiroq qilib, «Jalaquduq tuman IIBdagilar öğlingni olib borişimizni söraşyapti», dedi. Andijon şahardan to xonadonimga borgunimça, ukam 4-5 marta sim qoqib, şu gapni takrorladi. Uyga yetganimdan söng aççiq ustida öğlimning telefonini sindirib taşladim. Çunki u bir neça oy oldin telefoni tufayli yöl-transport hodisasini sodir etgan edi. Bu safar ham yana şu matohi sabab bölgandir, degan fikr miyamda aylanaverdi.
Mavzuga oid
Öğlim hali bola va qiziqqon ekan-da, darrov singan telefonidan sim-kartasini çiqarib, uni boşqa oddiy telefoniga solib oldi. Keçki soat 18:00 çamasi qaynukam maşinasida öğlim bilan tuman içki işlar bölimi tomon otlanişdi. Yölda ularga Farrux Yusupov ismli organ xodimi aloqaga çiqib, uning hamrohligida viloyat IIBga borişlari kerakligini aytibdi. Uçalasi Islombekning avtomobilida Andijon şahriga ketişadi.
Ularning ortidan boşqa maşinada rafiqam bilan birga bordik. IIBda öğlimning kamerali telefonini tezda uydan olib kelişim şartligini aytişdi. Biz yana xonadonimizga qaytib keldik. Keçqurun soat 23:30da ayolim ikkimizning ortimizdan 3-4 nafar organ vakillari uyimizga kelib, tintuv ötkazişdi. Öğlimning telefoni va uning ajralib ketgan qismlarini, unga qöşimça ravişda kiçkina kompyuterimiz va fleşkani ham özlari bilan olib ketişdi.
Şu vaqtda qaynukam maşina ustasiga telefon qilib, «Siz ta'mirlayotgan maşina kimniki? Ustaxonadan qaytganimizdan söng organ xodimlari uyimizni tintuv qilişdi», degan savolni berdi. U esa «Maşina viloyat IIBda katta lavozimda işlaydigan odamniki» deb aytdi. Şunda maşina Andijon viloyati IIB Terrorizmga qarşi kuraş boşqarmasi boşliği, podpolkovnik Qahramon Ergaşevniki ekanligidan boxabar böldik.
Ertasiga, ya'ni 27 oktabr kuni tonggi soat 6:00larda ukamga Farrux Yusupov telefon qilib, jiyaningizni Toşkentga olib ketyapmiz, deb öğlimga göşakni tutibdi. Abdulloh ham «Biz Toşkentga yaqinlaşib qoldik», degan gapni aytibdi.
Qahramon Ergaşev bilan telefonda bir neça marta gaplaşib turdik. Undan Abdulloh qayerdaligini sörasak, «Buning avtohalokatga aloqasi yöq. Toşkentdan buyruq bölgan va Toşkentga olib ketildi. Öğlingiz Rossiyadaligida «nozik odamlar»ni sökib yozgan internetda. Unga köpi bilan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi beriladi. Vahima qilmanglar, bugun çiqarvorişsa kerak», degan fikrlarni bildirdi.
Uning bu javobidan hayron bölib, turli savollarga javob izladim. Axir farzandimning Rossiyadan kelganiga 5-6 oy bölgandi. Öylab köring, agar u rostdan ham amaldorlar haqida yomon gap yozganida şu paytgaça çora körişardi-ku?
Qahramon Ergaşev 28 oktyabrda ham bir kun oldingi gaplarini yana takrorladi. U öğlim Toşkentga olib ketilgani, Andijon viloyati IIBdagilarning bunga aloqasi yöqligi, telefonda köp narsani gapirolmasligi, keyinroq yuzma-yuz körişib suhbatlaşişi mumkinligini aytdi.
Kelişilganidek, 29 oktabr kuni Andijon şahridagi kafelardan birining oldidagi köçada uçraşdik.
«Abdulloh 15 kunga qamaldi, qaror çiqarilgan, Toşkentdagilar bilan gaplaşib turibman. Sizlarga yana xabar beriladi», dedi. Qamalişining sababini söraganimizda, Islombekning quloğiga past ovozda «yuqori lavozimli amaldorlardan birini sökibdi», deya javob qaytardi. Bu gapni bizni qörqitiş maqsadida aytgan, degan fikrdaman. Çunki öğlimni juda yaxşi bilaman. U beozor, birov haqida behuda yomon söz aytmasdi. Oşna-oğaynilari ham oddiy yigitlar.
30 oktabr kuni Toşkentga keldik va advokat Umidbek Davlatov bilan tanişib, şartnoma tuzdik. Haligaça Abdulloh haqida biror ma'lumotga ega emasmiz. Öğlimni qaysi aybi uçun qayerda va qaçon, qaysi modda bilan sudlaşgani bizga qoronği. Sud jarayonida ham iştirok etmaganmiz. Farzandim hozir qanaqa ahvolda, unga nimalar qilişyapti, bilmaymiz. Huquqni muhofaza qiluvçi organlardan öğlimni topişda yordam berişlarini iltimos qilaman.
Advokat: «Hanuz biror darak yöq»
Toşkentdagi «Simay kom» advokatlik firmasi advokati Umidbek Davlatovning ta'kidlaşiça, u va Abdullohning yaqinlari 31 oktabr–1 noyabr kunlari qator taşkilotlarga yordam sörab murojaat qilişgan. Ammo 20 yoşli ösmir haqida hanuz biror darak bölmayapti.
«31 oktyabrda Dilmurod Tohirovning murojaatini eşitib, öşa kuniyoq Andijonga ketdik. Keçga yaqin Andijon şahar ma'muriy sudiga sörovnoma kiritdik. Lekin u yerdagilar Abdullohga nisbatan ma'muriy qamoq qöllanmaganini rasman ma'lum qilişdi. Ertasiga Andijon, Jalaquduq tumanlari va viloyat ma'muriy sudlariga bordik. Ulardan ham Abdullohning taqdiriga oid aniq xabar çiqmadi. Viloyat prokuraturasi va IIBdan ham ma'lumot ololmadik.
A.Tohirov 15 sutkalik jazoni ötayotgani töğrisidagi xabarni tekşiriş uçun Qörğontepa tumani va Andijon şahridagi vaqtinçalik saqlaş izolyatoriga murojaat qilganimizda, ular bunday şaxs uşbu muassasalarga olib kelinmaganini ta'kidlaşdi.
Jalaquduq tumani IIB va prokuraturasi ham A.Tohirovga nisbatan iş oçilmaganini bildirdi. Keyin Toşkentga qaytib kelib, Prezident virtual qabulxonasi, Boş prokuratura, IIV va DXX rahbarlari nomiga telegramma yubordik, ariza ham yozdik. Xozirça Abdulloh haqida biror xabar ololmadik», deydi advokat.
Viloyat IIB boşqarma boşliği: «Barçasini otasi tuşuntiradi»
Suriştiruv davomida Andijon viloyati IIB Terrorizmga qarşi kuraş boşqarmasi boşliği, podpolkovnik Qahramon Ergaşev bilan telefon orqali boğlandik. Uning qisqa izohi holatga oydinlik kiritiş örniga savollarni köpaytirdi.
«Heç qanaqa holatlar (yöl transport hodisasi - tahr.) bölmagan. Maşinam özimda, haydab yuribman. Qandaydir tuşunmovçiliklar bölyapti, telefonlar masalasi böyiça arzimagan bir-ikkita narsa bor. Yaqinda oydinlik kiritamiz.
Dadasining özi (Dilmurod Tohirov nazarda tutilyapti – tahr.) raddiya beryapti, notöğri yozib qöyganidan afsusda. Barçasini otasi tuşuntiradi», – deya javob beriş bilan kifoyalandi Andijon viloyati IIB rasmiysi.
Eslatib ötiş joizki, biz podpolkovnik Qahramon Ergaşev bilan Dilmurod Tohirov tahririyatimizga kelişidan bir soat oldin telefonda suhbatlaşgan edik. Dilmurod Tohirov bilan keçgan suhbatimizda u öğlining taqdiri haqida qayğurib, ijtimoiy tarmoqlar orqali yurtdoşlarimizdan yordam söraganidan umuman afsusda emasligini ta'kidladi.
Içki işlar vazirligining Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasidan holat yuzasidan izoh olişning iloji bölmadi.