Bugun, 7 noyabr kuni, Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengaşining Toşkentdagi yiğilişida iştirok etadigan delegatsiyalar boşliqlarini qabul qildi.
Prezident mehmonlarni qutlab, Özbekistonda MDH doirasidagi köp qirrali munosabatlarni, jumladan, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarşi kuraş borasidagi hamkorlikni kengaytirişga muhim ahamiyat qaratilayotganini ta'kidladi.

Xavfsizlikni ta'minlaş sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlaş mamlakatimizning Hamdöstlikda 2020 yilgi raisligining ustuvor yönalişlaridan biri ekani qayd etildi.
Taşkilotga a'zo davlatlar maxsus xizmatlari örtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettiriş, şu jumladan tezkor axborot almaşiş hamda terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va uyuşgan jinoyatçilikni bartaraf etiş böyiça qöşma tadbirlar ötkaziş zarurligiga alohida e'tibor qaratildi.

Kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşda, internet va boşqa axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan zöravonlik va radikal qaraşlarni tarğib qiliş maqsadida foydalanişga çek qöyiş borasida sa'y-harakatlarni birlaştiriş muhimligi ta'kidlandi.
Mehmonlar samimiy qabul uçun Özbekiston prezidentiga minnatdorlik bildirib, öz mamlakatlari rahbarlarining salom va eng ezgu tilaklarini yetkazdilar.
Uçraşuvda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaşning boşqa dolzarb masalalari ham körib çiqildi, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.












